So’nggi yangiliklar

09:05МЮ Ўринбоевнинг жамоадошига қизиқиш билдирмоқда  0 08:39“Навбаҳор“ “Нефтчи“ футболчиси билан 2 ярим йиллик шартнома тузди  2 08:13Салоҳ барча даврларнинг энг яхши африкалик футболчи ким деган саволга жавоб берди  6 07:47“Навбаҳор“ Одиловнинг ўрнига бразилиялик футболчини олиб келмоқда  6 07:20Суперлигада иккинчи давра бошланишига 10 кун қолганида навбатдаги истеъфо рўй берди  6 00:45МЮ яна Шешко вариантига қайтди. Бунинг учун клуб ўйинчи сотиши керак  2 00:19"Сўғдиёна" ўртоқлик ўйинида "Абдиш Ата" клуби билан дуранг ўйнади  3 23:59Винисиус янги шартнома бўйича "Реал"да Мбаппедан кўпроқ маош олишни истамоқда  7 23:35"Реал" Конатенинг трансфери бўйича "Ливерпуль" билан алоқага чиқди  13 22:45"Барса" Рэшфордни тўлиқ сотиб олиши учун қанча тўлаши кераклиги маълум. Футболчи маоши бироз камайишига рози бўлган  3 22:25"Нефтчи" ўртоқлик ўйинида Қирғистоннинг "Нефтчи" клубини ўта йирик ҳисобда ютди  13 22:01Мбемо "МЮ"да тиббий кўрикдан ўтди ва шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  3 21:35Расман: Тома Табатадзе "Бухоро" клубига ўтди!  17 21:07"Динамо" Беларусда ўтказилган назорат ўйинида маҳаллий жамоага ютқазди  1 20:35АПЛнинг икки клуби Коло-Муани билан шартнома имзоламоқчи  0

Dinamo - Buxoro: kim ananani buzadi? Yangiliklar

Dinamo - Buxoro: kim ananani buzadi?

Superliga 18-turi doirasidagi etiborli to'qnashuvlardan biri ikki ko'hna shaharlar Samarqand va Buxoroning bosh jamoalari o'rtasida kechadi.

Davron Fayziev va Muhsin Muhammadiev qo'l ostidagi jamoalar ishtirokidagi uchrashuv shiddatli o'tishi kutilmoqda.

Superliga. 18-tur.
27 avgust (seshanba)
«Dinamo» - «Buxoro»
Bosh hakam
: Akobir SHukurullaev
O'yin boshlanish vaqti: 17:00

Dinamo

Superliga. 18-tur

27/08/2019, 17:00

3
:
0
Tugadi

Buxoro

Andrey Sidorov - 68', Salamat Qutiboev - 70', Sardor Sulaymonov - 73'

45'
90'
68'  Andrey Sidorov
70'  Salamat Qutiboev
73'  Sardor Sulaymonov


Joriy mavsumda...

Ushbu ikki jamoa ham ikkinchi davrani hozircha muvaffaqiyatsiz o'tkazmoqda. “Dinamo” so'nggi o'yinlardagi mag'lubiyatlardan keyin turnir jadvalida 9-o'rinni band etib turgan bo'lsa, “Buxoro” qator ochko yo'qotishlar tufayli so'nggi – 14-o'ringa tushib qoldi. Samarqanddagi uchrashuv ikki jamoa uchun ham juda muhim ahamiyat kasb etadi.

“Dinamo”ning so'nggi tur o'yinlari:

12-tur. Dinamo – Lokomotiv – 2:1
13-tur. Dinamo – Bunyodkor - 1:2
14-tur. Bunyodkor – Dinamo - 4:2
15-tur. Lokomotiv – Dinamo - 2:0
16-tur. Dinamo – Qo'qon-1912 - 0:1
17-tur. Qizilqum – Dinamo - 2:1
18-tur. Dinamo – Buxoro

«Buxoro»ning so'nggi tur o'yinlari:

12-tur. Navbahor – Buxoro – 3:1
13-tur. Buxoro – Andijon - 1:0
14-tur. Andijon – Buxoro - 2:0
15-tur. Buxoro – Navbahor - 0:0
16-tur. Paxtakor – Buxoro - 5:0
17-tur. Buxoro – So'g'diyona - 1:1.
18-tur. Dinamo – Buxoro

O'zaro uchrashuvlar: 46-to'qnashuv...

O'zbekiston milliy chempionati start berilgan 1992 yildan buyon «Dinamo» va «Buxoro» klublari Oliy Ligada shu kungacha 45 marta kuch sinashishgan. SHundan 20 ta bahsda “Buxoro”, 16 uchrashuvda esa “Dinamo”ning qo'li baland kelgan. 9 ta o'yinda durang qayd etilgan. To'plar nisbatida ustunlik “Buxoro” tomonida: 58:56. “Buxoro” o'zaro o'yinlarda 69 ochkoga ega bo'lgan, “Dinamo” esa 57 ochkoni qo'lga kiritgan. “Dinamo”ning “Buxoro” ustidan qozongan eng yirik g'alabasi 4:1ga teng bo'lsa, “Buxoro”ning tarixda “Dinamo” ustidan erishgan eng yirik g'alabasi – 6:0. Ushbu jamoalarning 1-davrada o'tgan Buxorodagi o'yinlarida hisob ochilmagan – 0:0.

Fakt: «Dinamo» 7 yildan buyon «Buxoro»ga mag'lub bo'lmayapti

Ushbu jamoalarning o'zaro o'yinlardagi natijalariga etibor qaratadigan bo'lsak, “Dinamo” 2013 yildan buyon xoh uyda, xoh safarda bo'lsin “Buxoro” jamoasiga mag'lub bo'lgani yo'q.

«Dinamo» va «Buxoro» o'rtasidagi so'nggi 10 uchrashuv:

11.05.2013 «Dinamo» - «Buxoro» 1:0
21.09.2013 «Buxoro» - «Dinamo» 0:2
14.06.2014 «Buxoro» - «Dinamo» 1:1
02.11.2014 «Dinamo» - «Buxoro» 0:0
20.03.2015 «Buxoro» - «Dinamo» 1:1
08.08.2015 «Dinamo» - «Buxoro» 2:0
15.04.2017 «Dinamo» - «Buxoro» 3:1
16.09.2017 «Buxoro» - «Dinamo» 0:0
19.05.2019 «Buxoro» - «Dinamo» 0:0.
27.08.2019 «Dinamo» - «Buxoro»

Eski tanishlar: Nasimov va Muhammadiev...

“Dinamo” va “Buxoro” tarkibida shunday shaxslar borki, ular uchun ushbu bahs sobiq jamoalariga qarshi o'yin bo'ladi. Xususan, “Dinamo” safidagi Bahodir Nasimov o'tgan mavsumda “Buxoro”da munosib to'p surib, muxlislar olqishiga sazovor bo'lgan bo'lsa, “Buxoro” safida ham samarqandlik muxlislar olqishiga sazovor bo'lganlar bor. Xususan, “Buxoro” ustozi Muhsin Muhammadiev 2000-yillardagi ajoyib o'yinlari va gollari bilan butun Samarqand ahli qalbidan bir umrga o'rin olgan. Tojikistonlik sobiq futbolchi oradan 18 yil o'tib, Samarqandga murabbiy sifatida o'z jamoasi bilan tashrif buyuradi.

SHuningdek, “Buxoro” hujumchisi Sardor Sulaymonov ham 2017 yilgi mavsumda “Dinamo” safida Oliy Ligada debyut qilib, muxlislar etiboriga tushgan.

«Dinamo» va «Buxoro»da to'p surganlar...
Umuman olganda, ushbu ikki jamoada to'p surgan samarqandlik va buxorolik futbolchilar talaygina. Jumladan, Olim Tillaev, Mixail Fomin, Ilhom Yunusov, Asqar Muhiddinov, Artyom Filiposyan singari samarqandlik futbolchilar “Buxoro”da ham munosib to'p surgan bo'lishsa, Ulug'bek Baqoev, Jamshed Saidov, SHuhrat Fayziev singari buxorolik futbolchilar “Dinamo” safida ham muxlislar qalbidan o'rin olishgan.

Bilasizmi...
Muhsin Muhammadievdan tashqari tojikistonlik Hakim Fuzaylov va Rahmatullo Fuzaylovlar ham “Dinamo” va “Buxoro”da faoliyat olib borishgan.

Jamoalarning 2-davradagi transferlari:
«Dinamo» transferlari: Bahodir Nasimov (Navbahor), Doston Abdurahmonov (Neftchi).

«Buxoro» transferlari: Fatxullo Fatxulloev (Tojikiston), Milovan Kapor (Kanada), Jaba Lipartia (Ukraina), Vili Isiani (Gruziya), Asiljon Begimqulov (Xo'jand), Bobir Amonov (Andijon), Sardor Sulaymonov (Andijon), Murod Bobojonov (Qizilqum), Davron Umirov (Bunyodkor).

«Dinamo» klubi matbuot xizmati.


Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика