"Dinamo" bosh murabbiyligiga asosiy nomzod - Tachmurad Agamurodov

Narzulla Saydullayev
25 sen 2019, 12:09
Bugun "Dinamo" bosh murabbiyi Davron Fayziev iste'foga chiqdi.

Uning o'rniga asosiy nomzodlardan biri sifatida Tachmurad Agamurodov tilga olinmoqda. Ma'lumot uchun, turkmanistonlik tajribali murabbiy 2007-2008 va 2014-2015 yillarda "Dinamo"ni boshqargan edi.

"Dinamo" Superligada oxirgi 8ta o'yinning barchasida mag'lub bo'ldi va ayni paytda 18 ochko bilan musobaqa jadvalining 13-pog'onasida bormoqda. 


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia