"Dinamo" Armaniston chempionini o'z safiga qo'shib oldi
22 jan 2022 12:06
Yangiliklar
"Dinamo" Armaniston chempionini o'z safiga qo'shib oldi
Superliga yangi mavsumi oldidan Dinamo jamoasi selekciya ishlarini davom ettirmoqda.
Klub murabbiylar shtabi taklifiga ko'ra, «Dinamo» jamoasi safiga Mixaylo Yovanovich kelib qo'shildi. Serbiyalik 32 yoshli markaziy himoyachi bilan bir yillik shartnoma imzolandi. U Samarqand jamoasi tarkibiga erkin agent sifatida qo'shildi.
Mixaylo Yovanovich faoliyati davomida «Mladost» (Serbiya), «Sloga» (Serbiya), «Karvina» (CHexiya), «Zbroyovka» (CHexiya), «Vojdovac» (Serbiya), «Neman» (Belarus), «Taraz» (Qozog'iston, 2019), «Indjiya» (Serbiya, 2020) va «Alashkert» (Armaniston) klublari sharafini himoya qilgan. Xususan, so'nggi 2021 yilda Erevanning «Alashkert» klubi safida Armaniston chempionligini qo'lga kiritgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Умтити Месси ҳақида: "Фақатгина Месси ўйинни ёлғиз ўзи ютишга қодир эди"
"Ўзбекнефтгаз" "Насаф", "Бухоро" ва "Бунёдкор" клубларини молиялаштиришни тўхтатмоқда
Кроос Саудия Арабистони лигасини танқид қилди: "Роналдусиз уни яна унутишади"
"Ал Иттиҳод" Салоҳнинг агенти билан музокаралар олиб бормоқда
Fikrlar