"Dinamo" 10 iyundan mashg'ulotlarga kirishadi

Alisher
6 iyun 2020, 16:35
PFL tomonidan Pro-liga bahslari 4 iyul kunidan, O'zbekiston kubogi saralash bosqichi esa 23 iyun kunidan start olishi e'lon qilindi.

Shunga muvofiq, qariyb uch oylik karantin davridan keyin Dinamo jamoasi belgilangan talab va ehtiyot choralariga amal qilgan holda 10 iyun kunidan boshlab Samarqanddagi qarorgohida yangi mavsumga tayyorgarlikni boshlaydi.

Xususan, 8 iyun dushanba kuni Dinamo klubi qarorgohi sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi tomonidan to'liq dezinfekciya qilinadi.

9 iyun seshanba kuni esa jamoaning barcha futbolchilari va personal xodimlari klub bazasida yig'ilib, koronavirusga tibbiy test topshirishadi. Shu kunning o'zida test natijalari taqdim etiladi.

10 iyun chorshanba kunidan esa jamoa a'zolari yangi mavsumga tayyorgarlik ishlarini boshlashadi. Kuniga ikki mahaldan mashg'ulotlar o'tkazilishi rejalashtirilgan.

Ma'lumot uchun, Dinamo 23-28 iyun kunlari O'zbekiston kubogi saralashi doirasida o'yin o'tkazsa, 3 iyul kuni Pro-liga 1-turi doirasida Farg'onada Neftchi klubi mehmoni bo'ladi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: fcdinamo.uz