Din Xenderson: "Yaxshi kunlar hali oldinda"
21 fev 2021 15:01
Yangiliklar


Din Xenderson: "Yaxshi kunlar hali oldinda"
"Manchester Yunayted" posboni Din Xenderson klub matbuotiga bergan intervyusida kelajagi borasida to'xtaldi.
"Ishlashda, o'z ishimni sidqidildan bajarishda davom etishim kerak. Eng yaxshi kunlar hali oldinda. Kutaman va imkoniyat berilganida undan foydalanib qolishga harakat qilaman. Qanday holatda ekanligimni barchaga namoyish qilaman", - dedi Xenderson.
Din payshanba kuni Evropa ligasida debyutini amalga oshirdi va unda "qizil iblislar" tarkibida yana bir quruq o'yinini yozdirib qo'ydi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar