So’nggi yangiliklar

01:39Расман: Ўткир Юсупов — "Фулад" футболчиси!  2 01:32"Арсенал" Рафиньянинг трансфери бўйича "Барселона"га кўп миллионлик таклиф тайёрлайди  0 01:05Париж-2024. Ўзбекистон - Миср 0:1, Ҳимоядаги хато қимматга тушди  5 00:53"Атлетико" ва Испания терма жамоаси собиқ футболчиси фаолиятини якунлади  0 00:15РПЛ. Эсанов ҳаракат қилаётган "Акрон" меҳмонда "Факел"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  14 23:35Тимур Кападзе: "Иккала ўйинда ҳам ютишимиз мумкин эди"  95 23:01Расман: "Атлетико" Испания терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  1 22:29"Навбаҳор" назорат учрашувида йирик ҳисобда ғалаба қозонди. Қувватовдан норасмий дебют, Никабадзедан хет-трик  9 21:31"Манчестер Юнайтед" форварди ПСЖга ўтиши мумкин  4 21:05Париж-2024. Ўзбекистон иккинчи турда Мисрга ютқазди ва гуруҳдан чиқиш имкониятини йўқотди  847 20:53Париж-2024. Испания терма жамоаси биринчи бўлиб плей-оффга чиқди  7 20:22"Манчестер Юнайтед" испаниялик футболчига қизиқмоқда  1 19:56"Барселона" Уильямс учун кутилганидан 4 млн. евро кўп пул тўлаши керак  2 19:22ФИФА Аргентинанинг эътирозига жавоб берди  5 18:52Ҳусниддин Ғофуров - "Қўқон-1912" футболчиси  3

Dilyorbek Ermatov: "Har qanday jamoa maydonga g'alaba uchun chiqadi" Yangiliklar

Dilyorbek Ermatov: "Har qanday jamoa maydonga g'alaba uchun chiqadi"

Oliy liga doirasidagi "Neftchi" - "Lokomotiv" bahsidan avval farg'onaliklar himoyachisi Dilyorbek Ermatov bo'lajak o'yin haqida fikr bildirdi.
- "Lokomotiv" chempionatimizning eng kuchli jamoalaridan biri hisoblanadi. Bu jamoa qanday saviyadagi ekanligini hamma yaxshi bilsa kerak.  Futbolda barcha maydonga faqat natija uchun chiqadi. SHu qatori biz ham o'z uyimizda, muxlislar ko'z o'ngida faqat g'alaba uchun maydonga tushamiz. Raqib tarkibida kimnidir alohida ko'rsatmagan bo'lardim. CHunki "Lokomotiv"ning hamma o'yinchilari yuqori saviyadagi ijrochilar hisoblanadi. To'g'risi o'yin oldi fikr bildirish qiyin. O'yinga jiddiy xozirlandik. Murabbiylar bergan ko'rsatmalarni to'g'ri bajarishga harakat qilamiz. Jamoada kayfiyat yaxshi. Muxlislarni ham "Lokomotiv" bilan bo'lib o'tadigan bahsga chorlab qolaman. "Bunyodkor" va "Navbahor"ga qarshi bellashuvlarda ishqibozlar bizni juda yaxshi qo'llab-quvvatlab turishdi. Ularga rahmat. Umid qilamanki, mazkur turda o'z muxlislarimizni xursand qilamiz, - dedi "Neftchi" futbolchisi Dilyorbek Ermatov.

Eslatib o'tamiz, bugun Farg'ona shahridagi "Istiqlol" o'yingohida "Neftchi" - "Lokomotiv" bahsi bo'lib o'tadi. O'yin soat 18:30ga belgilangan.

"Neftchi" matbuot xizmati   
Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика