So’nggi yangiliklar

17:34"Барселона" Рэшфордни тўлиқ сотиб олишдан воз кечди  1 17:06"Челси" Леау учун жиддий қадам ташламоқда  2 16:43"Олтин тўп"нинг 2 карра соҳиби оғир касалликка чалинди  5 16:18"Андижон"да сербиялик мураббий иш бошлади  1 15:57Эдди Хау МЮда ишлаши ҳақидаги миш-мишларга муносабат билдирди  0 15:30Расман: "Навбаҳор" Абдураҳмонов трансферини эълон қилди  1 15:02"Металлург" катта футболга қайтиш арафасида  13 14:41Бугунги ўйинлар: "Арсенал" — "Ливерпуль", Франция Суперкубоги ва бошқалар  0 14:19"Сурхон" Февзи Давлетов ва Алексей Николаев билан ҳамкорлик якунланганини эълон қилди  5 14:00Балотелли фаолиятини БААда давом эттиради  0 13:32"Андижон" ҳужумчиси Озарбайжонга йўл олди  2 13:05"Локомотив" Чехия Кубоги финалчиси билан ўйнайди  1 12:38Расман: Шерзод Эсанов "Бухоро" футболчисига айланди  10 12:20МТЖ 5 майдан йиғин ўтказади ва Суперлиганинг етакчи клубларига қарши ўртоқлик ўйинларида қатнашади  4 11:58​"Пахтакор" Риаскос, Абдихолиқов ва яна 4 нафар футболчи билан хайрлашганини маълум қилди  11

Dilyaver Vaniev: "Klubning moliyaviy holatiga men javob bermayman" Yangiliklar

Dilyaver Vaniev: "Klubning moliyaviy holatiga men javob bermayman"

Superliga 23-turdan o'rin olgan "Andijon" - "Mashal"(2:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar murabbiyi Dilyaver Vaniev fikrlarini bildirib o'tdi.

Bugun qiyin ob-havo sharoitidagi qiyin o'yinni o'tkazdik. Bunday qorli maydonda o'ylagan rejalarni amalga oshirish og'ir. Nima ham deyishim mumkin? Bu maydonda ikkala jamoa ham o'ynadi. SHunga qaramasdan, yigitlarimiz qiyin sharoitda bo'lsa-da, oxirigacha kurashishga harakat qildi.

Albatta, bizning bugungi o'yin uchun rejalarimiz boshqacha edi. Ammo noqulay ob-havo sharoiti tufayli hammasi o'zgarib ketdi. Hozir gapirsam bahona bo'lib qoladi. Afsuski, oxirgi daqiqalarda himoyada yo'l qo'ygan xatoimiz qimmatga tushdi. Oddiy vaziyatdan gol o'tkazib yubordik.

Klubning moliyaviy holati haqida men javob bermayman. Buni mendan so'ramang. Ushbu o'yinga etib kela oldik. Mening ishim jamoani shug'ullantirish va o'yinga tayyorlash. Biz qo'ldan kelganicha ushbu bahsga tayyorgarlik ko'rdik.

Sardor Abduraimov nega zaxiradan maydonga tushdi? U mashg'ulotga qo'shilganiga hali ko'p bo'lmadi. Sardor bizning asosiy futbolchimiz. Bugun qaerdadir xato qilgandirmiz, hammasini ko'rib chiqamiz", - deydi Vaniev.

Reyting: -4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика