Dilyaver Vaniev: "Bugun jamoaga nima bo'lganini tushunmadim"
29 avg 2020 20:16
Yangiliklar
Dilyaver Vaniev: "Bugun jamoaga nima bo'lganini tushunmadim"
"Avvalo markazlashtirilgan chempionatni tashkilotchilariga, barcha xodimlariga rahmat aytmoqchiman. Stadionlar va boshqa tashkiliy ishlar uchun PFLga tashakkur. Markazlashgan holatda davom ettirilgan chempionatda to'rtta tur o'tkazdik. O'yin haqida gapiradigan bo'lsam bugun jamoaga nima bo'lganini tushunmadim. Bunga sabab sifatida o'yinni borishini ko'rsatgan bo'lardim. Yomon o'ynadik deya olmayman. Ikkita taym boshida standart vaziyatlardan gol o'tkazib yubordik. Mana shu gollar o'yinimizni izdan chiqardi. Umuman olganda teng o'yin bo'ldi, durangga loyiq edik.
Yangi futbolchilarni ro'yxatdan o'tkaza olmayapmiz? Malum bir qarzdorliklar bor, shu sababli ro'yhatdan o'tkazishimiz cho'zilmoqda.
Mening fikrimcha Humyun Murtozaev jismoniy holati borasida ishlashi kerak, ham jamoamizga moslashishi lozim. Oraliqdagi tanaffusda ishlaymiz, ko'ramiz",- deydi Vaniev.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar