Dilshod SHarofetdinov: “Malayziyada hammasi yaxshi”
14 dek 2013 18:30
Yangiliklar


Dilshod SHarofetdinov: “Malayziyada hammasi yaxshi”
Xabaringiz bor, “Paxtakor” yarim himoyachisi Dilshod SHarofetdinov yaqinda Malayziya supper ligasi ishtirokchisi “Sime Darbi” klubiga ko'chib o'tdi.
Muxbirimiz Islombek Rustambekov legionerimiz bilan bog'lanib, yangi jamoasiga moslashib olishi va umuman uning Malayziyada boshlangan hayoti haqida so'radi.
- Salom, Dilshod aka, kayfiyatlar qalay?
- Rahmat, hammmasi alo darajada!
- Yangi jamoa, umuman yangi muhitga ko'nikish jarayonini qanday o'tkazmoqdasiz?
- Bu borada jiddiy qiyinchilik bo'lmadi. Nolishga hojat yo'q.
- “Sime Darbi” futbolchilik faoliyatingizdagi ilk xorij jamoasidir. U erda etiboringizni tortgan jihat nima bo'ldi?
- Jamoada hamma bir-biri bilan juda ham ahil. Eng muhimi ham shu. Futbolchilar bir-biriga dalda bo'lishni juda yaxshi uddalashar ekan.
- Xabaringiz bo'lsa kerak, yaqinda “SHo'rtan” himoyachisi Yaroslav Krushelnickiy ham Malayziya jamoasi bo'lmish “Felda Yunayted” bilan shartnoma imzoladi?
- Ha, buni bilaman. Krushelnickiy Kuala-Lumpurga kelgach, telefon orqali masofadan turib gaplashdik. Lekin hozircha u bilan bu erda ko'rishish nasib qilmadi.

Fikrlar