So’nggi yangiliklar

01:49ЖЧ-2026 саралаши. Рангник термасидан 10та гол, Нидерландия, Фарер ороллари ҳамда Даниядан йирик ғалаба ва бошқа натижалар  6 01:39Ўртоқлик учрашуви. Дербида Англия Уэльсни йирик ҳисобда мағлуб этди  0 01:15Мухлислари Моуриньюни ҳақорат қилгани учун "Порту" жаримага тортилди  2 00:55Погбанинг катта футболга қайтиши кечикмоқда  0 00:34А Сериянинг сентябрь ойидаги энг яхши футболчиси аниқланди  2 00:16ЖЧ-2034нинг 2035 йилда бўлиши мумкинлиги ҳақида Инфантино нималар деди?  1 23:50Мбаппе: "Винисиус билан муносабатларимиз яхши. Одамлар истаганини гапиради"  0 23:34Нани: "Аморимга вақт керак"  2 23:13ЖЧ-2026нинг 20-иштирокчиси маълум бўлди  0 22:51Валерий Карпин Эронга қарши ўйин олдидан нималар деди?  5 22:17Лапорта де Йонгнинг норозилиги ҳақида: "Майамига бориш керакми, борамиз"  1 21:55Бундеслиганинг сентябрь ойидаги энг яхши футболчиси эълон қилинди  1 21:31Осиё Кубоги саралаши. Тожикистон Мальдив оролларидан устун келди, "Хоразм" футболчиси гол урди  1 21:15"Манчестер Юнайтед" Магуайр билан шартномани узайтирмоқчи  5 20:48Фабио Каннаваро: "Ғалаба билан бошлашимиз муҳим эди"  33

Dilshod Rahmatov: "Gvatemala bizga so'nggi soniyagacha kurashish kerakligini o'rgatdi. Murabbiylarimiz yaxshi manoda juda qattiqqo'l" Yangiliklar

Dilshod Rahmatov: "Gvatemala bizga so'nggi soniyagacha kurashish kerakligini o'rgatdi. Murabbiylarimiz yaxshi manoda juda qattiqqo'l"

O'zbekiston futzal terma jamoasi sardori Dilshod Rahmatov Gvatemalaga qarshi kechgan (7:4) bahsdan so'ng o'yin haqidagi fikrlari bilan bo'lishdi.

- O'yin haqida

- Bugungi uchrashuv qiziqarli bo'ldi. Himoyada ko'p xatoga yo'l qo'ydik va shu sababli 4ta gol o'tkazib yubordik. Jahon chempionatida esa bunday xatolar kechirilmaydi. Bugun yosh futbolchilarimiz ham juda yaxshi o'yin namoyish etishdi. Muxlislarimiz ko'z o'ngida g'alaba qozonganimizdan xursandman. Mehnat qilishda davom etamiz. Murabbiylar shtabi jamoada katta o'zgarishlar qildi, yosh futbolchilar jalb etildi. Murabbiylar shtabimiz juda qattiqqo'l(kuladi). Tezroq optimal holatimizga qaytib olishimiz kerak. Bugun Olimpiya terma jamoamiz ham o'yin o'tkazdi. Keyingi bahslarda ularga omad tilayman. Olimpiadadagi sportchilarimizga futzalchilar nomidan omad tilayman.

- Gvatemala terma jamoasiga qarshi har doim principial o'yinlar bo'ladi. Ushbu mamlakat vakillariga qarshi juda emocional va kurashlarga boy o'yinlar o'tkazamiz. Bugun ham parketda ko'p gollar, emociyalar, keskin kurash guvohi bo'ldik. Gvatemalaga qarshi boshqacha yondashuvning sababi nimada?

- Yaxshi savol bo'ldi. Gvatemala terma jamoasi tabiatan juda kurashuvchan va jangchi jamoa. Ular oxirigacha kurash olib borishadi. So'nggi o'yinimizda ham 5:4 hisobida qayd etildi. Gvatemalada xarakter bor. Bunday jamoalarga qarshi so'nggi soniyagacha o'ynash kerak. Ular bizga o'yinning so'nggi soniyasiga qadar kurashish kerakligini o'rgatgan. Gvatemalaga qarshi birinchi marotaba Litvadagi Jahon chempionatida o'ynagan edik. So'nggi daqiqadagi gol sababli alamli mag'lubiyatga uchragandik. SHunday o'yinlar bizga ko'p narsani o'rgatdi. Endi esa, ularni bir necha marotaba mag'lub etdik.


Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика