So’nggi yangiliklar

15:19Меҳди Тареми: "Ёмон воқеалардан сабоқ олиш сизни ривожлантиради"  3 15:00U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Ўзбекистон Фаластин билан муҳим ўйинда қатнашмоқда (онлайн ҳисоб)  19 14:51Тонали Гаттузо ҳақида: "У менга айтган ҳамма нарсани қадрлайман"  0 14:23Ла Лигада август ойининг энг яхши мураббийи маълум  0 13:40"Атлетик" футболчиси антидопинг қоидасини бузгани учун 10 ойга дисквалификация қилинди  1 13:11Инфантино Эрон АҚШдаги ЖЧда қатнашишига кафолат берди  3 12:45Эшитдик-да! "Бунёдкор" "Олимпия" стадионида ўйнайди  9 12:21"Истиқлол" бош мураббийи Ашурматов ва Машариповнинг жароҳати ҳақида тўхталди  1 11:52Жанни Инфантино: "Шавкат Мирзиёевнинг футболга бўлган муҳаббати сўнгги икки йил ичида янада кучайганини кўриб хурсанд бўлдим"  4 11:25Эронлик эксперт: "Юсуфи майдондан тўғри четлатилди, Алижонов ва пенальти бўйича қарор ҳам ўринли, бироқ..."  44 10:41Испания терма жамоаси ҳужумчи бир ойга сафдан чиқди  1 10:05Луис Суарес Лига кубоги финалида рақибига тупургани учун МЛСда учта ўйинга дисквалификация қилинди  5 09:38Расман. АПЛдаги илк истеъфо содир бўлди  9 08:55Бугун U-17 терма жамоамиз Марокашга қарши майдонга тушади  5 08:26Бугун Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Осиё кубогига йўлланма олиши мумкин  13

Dilshod Nuraliev: Jahon chempionatida munosib ishtirok etishga harakat qilamiz Yangiliklar

Dilshod Nuraliev: Jahon chempionatida munosib ishtirok etishga harakat qilamiz

18 oktyabr kuni Diloshod Nuraliev bosh murabbiyligidagi O'zbekiston U-17 o'smirlar terma jamoasi Panama o'smirlar terma jamoasiga qarshi BAAdagi jahon chempionatida o'zining ilk uchrashuvini o'tkazadi.

Mazkur uchrashuvdan bir kun oldin, O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi bosh murabbiyi Dilshod Nuraliev O'FF matbuot xizmati uchun ekslyuziv intervyu berdi.

Quyida mazkur intervyuni to'lig'icha o'qishingiz mumkin.

Jahon chempionati bahslariga so'nggi bir yil davomida tayyorgarlik ko'rdik. Guruhdagi to'rt jamoa ham bir xil saviyadagi jamoa. Favorit yoki autsayder yo'q, shunday ekan gurug' bosqichida hech kimga oson bo'lmaydi, - deydi Nuraliev.

Panamaga qarshi ilk o'yinimizda bizga oson bo'lmaydi. Har bir jamoani o'z oldiga qo'ygan maqsadi bor. Ular mana shu maqsad yo'lida harakat qiladi, intiladi. Guruhdagi ilk o'yinimizda ham, keyingi o'yinlarda ham futbolchilar muxlislar oldida o'z vatani shanini, qolaversa Osiyo qitasi chempioni sifatida qitamiz shanini ham munosib himoya qilish uchun qo'ldan kelgancha harakat qilishadi. Yana bir marta qaytarishim mumkin, guruhimizda oson o'yin bo'lmaydi.

Jahon chempionatida dunyoning eng kuchli 24 jamoasi ishtirok etadi. Hech bir jamoa bu erga shunchaki o'ynab ketish uchun kelmaydi. Har qanday terma jamoa uchun jahon chempionatida ishtirok etish bu - sharaf, - deya qo'shimcha qildi O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi bosh murabbiyi. Jahon chempionatiga tashrif buyurgan har bir terma jamoani o'z oldiga qo'ygan maqsadi bo'lgani kabi, bizning terma jamoamizning o'z maqsadi va rejalari bor.

Musobaqaning ilk kunida o'tkazilgan ikki uchrashuvning ko'rib shunday hulosaga kelish mumkinki, ilk o'yinda o'z hayojonini bosib ololgan va ham ruhiy, ham jismoniy tarafdan kim yaxshiroq tayyorlana olgan bo'lsa, o'sha jamoada tashabbus ko'proq bo'ladi. Masalan, Braziliya o'smirlar terma jamoasi ilk uchrashuvda Slovakiyani yirik hisobda mag'lub etdi. Mazkur o'yinda bunday katta farq bilan g'olib chiqqan braziliyaliklar, uchrashuvda ruhiy jihatdan ancha ustunlikka ega bo'lganliklari ko'zga tashlandi. Qolaversa, Braziliya o'yinni juda hotirjam tarzda o'tkazdi. Bu esa, yakunda o'z samarasini berdi, - deydi Nuraliev.

O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi bosh murabbiyi ilk o'yinga ruhiy jihatdan yaxshi tayyorgarlik ko'rish juda muhim ekanligini takidladi. Murabbiylar shtabi bu borada futbolchilar bilan etarlicha suhbatlar olib borilganiga alohida urg'u bergan.

Osiyo chempioni sifatida Jahon chempionatida ishtirok etish, masuliyatni ikki xissa oshiradi. So'nggi bir yil davomida jarohatlari tufayli asosiy tarkibimizning bir nechta futbolchilarini yo'qotgan edik. Ammo, shurki, Dukentda o'tkazilgan so'nggi yig'inimizda, jarohat olgan bir qator futbolchilarimiz jarohatlaridan qutulib, yana safimizga qaytishdi, - deydi Nuraliev.

Muhiddin Odilov, Ilhom Abdug'aniev hamda Ulug'bek Davlatovlar jarohatlari sabab, BAAga biz bilan kela olishmadi. SHukrov hamda Hamdamovlar esa, jarohatidan qutulib safimizga qaytishdi. Ushbu yo'qotishlarga qaramay, mundialda yaxshi ishtirok etib, bizga bo'lgan ishonchni oqlashga harakat qilamiz.

Futbolchilardan umidim katta. Futbolchilarda ham o'zlariga bo'lgan ishonch katta. Umid qilamanki, Jahon chempionati bahslarida munosib ishtirok etamiz va barchaning ishonchini oqlaymiz, - deydi Dilshod Nuraliev O'FF matbuot xizmatiga bergan eksklyuziv intervyusida.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика