Dilshod Nuraliev: "SHogirdlarim birinchi ligada ozgina yoshlik qilishmoqda"
05 may 2014 15:19
Yangiliklar
Dilshod Nuraliev: "SHogirdlarim birinchi ligada ozgina yoshlik qilishmoqda"
Kecha Andijonda birinchi liganing 7-turida "UzDongJu" - "Paxtakor-2" o'yini bo'lib o'tdi.
Toshkentliklarning garchi tarkibi asosan yoshlardan tashkil topgan bo'lishiga qaramay bu jamoa futbolchilari muxlislarda iliq taassurot qoldirdi. Uchrashuvdan so'ng bosh murabbiy Dilshod Nuralievning fikrlarini bilishga qiziqdik.
- Umuman olganda, o'yin yomon bo'lmadi, - deya gap boshladi "Paxtakor-2" ustozi.
- Gol urish uchun bizda ham bir qator vaziyatlar bo'ldi. Tarkibimiz juda ham yosh. Yigitlarga tajribali raqiblarga qarshi o'yinlarda biroz yoshlik qilishmoqda. Vaziyatlarni muvaffaqiyatli yakunlashga kelganda, qandaydir aniqlik etishmayapti. Andijonda yirik hisobda g'alaba qozonishimiz ham mumkin edi. Afsuski aytib o'tganimdek vaziyatlardan foydalana olmayapmiz.
- O'yin borasida esa unchalik ham yutqazmadik deb hisoblayman.
- "UzDonJu" jamoasi menda yaxshi taassurot qoldirdi. Tarkibida ilgari oliy ligada o'ynagan mahoratli o'yinchilar borligini ko'rdik. Qolaversa bir qator yoshlar ham o'yinda o'zlarini ko'rsatdi.
- Mag'ulbiyatning asosiy sabablaridan bu - golga tortadigan vaziyatlardan unumli foydalana olmaganimizdadir.
- Hisob 1:0 bo'lib turgan paytda himoyachini o'rniga oldingi chiziq vakilini tushurib hujumkorlikni oshirishga harakat qildik. Afsuski bu o'zgarish ham foyda keltirmadi.
- Bu bizning chempionatdagi 4-mag'lubiyatimiz bo'ldi. Albatta bu achinarlidir.
Islombek Rustambekov suhbatlashdi.

Fikrlar