So’nggi yangiliklar

14:49"Хоразм" машғулотлари Championat.asia объективида  0 14:30Равшан Ҳайдаров: "Ёш таркиб билан иштирок этишимизга қарамай, мен жамоамизга ишонаман"  2 14:10"Хоразм" Тошкентда тайёрланмоқда  0 13:42"Манчестер Юнайтед" бош мураббий лавозими учун асосий номзодларни белгилаб олди  6 13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  3 12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  1 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  2 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  4 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  4 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  10 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  9 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  1 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  11 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4

Dilshod Nuraliev: "Nukusdagi o'yindan qoniqmadim, lekin natija bor" Yangiliklar

Dilshod Nuraliev: "Nukusdagi o'yindan qoniqmadim, lekin natija bor"

Pro-liganing 3-turida Termizning "Surxon" jamoasi Nukusda "Orol"ni yirik 4:1 hisobida taslim qildi. Biz uchrashuvdan so'ng mehmonlar ustozi Dilshod Nuraliev bilan suhbatlashdik.

- O'yin haqida qanday fikrdasiz?
- Uchrashuv oson kechmadi. Biz doim tabiiy maydonda to'p surardik, bugun esa suniiy maydonda o'ynadik. Balki shu boisdir o'yinimiz unchalik ham chiqmadi. Lekin baribir yigitlarga rahmat. 4:1 hisobidagi natijani qo'lga kiritganlari uchun. O'yindan ko'nglim to'lmadi, biroq natija bor. SHuning uchun ham yigitlarga katta rahmat aytaman.

- "Surxon" jamoasining oldiga qanday maqsad qo'yilgan?
- Oldimizga iloji boricha yuqori natijani ko'rsatish qo'yilgan. Superligaga chiqishni vaqt ko'rsatadi. Menimcha bunday o'yin bilan bizga qiyin bo'ladi. Hali futbolchilarning o'zaro bir-birlarini tushinishlari qiyin bo'lyapti. Ozgina vaqt kerak bizga.

- Nukusda yirik hisobda g'alaba qozonishingizni kutganmidingiz?
- G'alaba qozonishga harakat qilamiz deb kelgan edik. CHunki oldimizga shunday vazifa qo'yilgan edi. Suniy maydonda o'ynash bizlar uchun qiyin bo'ldi. Lekin yirik hisobda yutamiz deb o'ylamagan edim.


- "Orol" jamoasidan kimni alohida etirof etgan bo'lardingiz?
- Men "Orol" jamoasining o'yiniga qaramadim. CHunki o'zimning jamoamga ko'proq etibor berdim. Nukusliklardan hech kimni alohida etirof etolmayman. Lekin Navro'z Alimovni yaxshi bilganim uchun, unga alohida etibor qaratdik. CHunki u ikkinchi qavatlarda yaxshi kurashadi, to'p bilan yaxshi muomala qila oladi.

 - Farxod Todjievning o'yinidan ko'nglingiz to'ldimi?
- Yo'q. Men hech bir shogirdimning o'yinidan qoniqmadim. CHunki hali ko'p ishlashimiz kerak.

Furqat Yusupov yozib oldi

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика