Dilshod Nuraliev: "2014 yil "Paxtakor"da ishlayman"
27 dek 2013 18:10
Yangiliklar

Dilshod Nuraliev: "2014 yil "Paxtakor"da ishlayman"
O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi sobiq ustozi Dilshod Nuraliev keyingi yil "Paxtakor"da ishlaydi.
"Paxtakor" klubi rahbariyati bilan og'zaki kelishuvga erishdik. Unga ko'ra har qanday holatda ham 2014 yilgi mavsumda shu klubda ishlayman. Men yoshlar jamoasi yoki birinchi ligadagi "Paxtakor"-2 klubida faoliyat olib boraman. O'zimga qolsa, birinchi ligadagi jamoaga ustozlik qilgan bo'lardim. Mustaqil ishlash baribir boshqacha.
25 dekabrdan o'quv-yig'inimiz boshlandi. Mashg'ulotlarda 30-35 nafar yosh futbolchilar "Paxtakor" stadioni yugurish yo'lakchasida shug'ullanishyapti. 4 yanvar kuni bu futbolchilar qaysi jamoada harakat qilishlari hal bo'ladi. Aynan shu kuni mening ham qaysi musobaqada ishtirok etadigan jamoaga murabbiy bo'lishmi malum bo'ladi", - deydi Dilshod Nuraliev "CA"ga bergan intervyusida.

Fikrlar