So’nggi yangiliklar

20:54"Тоттенхэм" "Вулверхэмптон" ҳужумчисига даъвогарлик қилмоқда  0 20:24“Бунёдкор” мураббийлар штабига италиялик мутахассис қўшилди  0 20:07ОКМК машғулотлари Championat.asia объективида  1 19:31"Барселона" тарихий рекорд ўрнатди  6 19:07ОКМК Олимпия шаҳарчасида мавсумга ҳозирлик кўрмоқда  1 18:50Расман: Отабек Боймуродов — "Сурхон" футболчиси  4 18:30Нигерия термаси футболчилари мукофот пулларини олмаса, Жазоирга қарши ўйинга бормаслик билан таҳдид қилмоқда  4 18:01ФИФА ЖЧ иштирокчиси бўлган ҳар бир футболчи учун 3D-профиль яратади  0 17:34"Барселона" Рэшфордни тўлиқ сотиб олишдан воз кечди  6 17:06"Челси" Леау учун жиддий қадам ташламоқда  5 16:43"Олтин тўп"нинг 2 карра соҳиби оғир касалликка чалинди  10 16:18"Андижон"да сербиялик мураббий иш бошлади  2 15:57Эдди Хау МЮда ишлаши ҳақидаги миш-мишларга муносабат билдирди  0 15:30Расман: "Навбаҳор" Абдураҳмонов трансферини эълон қилди  1 15:02"Металлург" катта футболга қайтиш арафасида  16

Dilshod Komilov: "Lokomotiv" yanada kuchli bo'lib qaytadi" Yangiliklar

Dilshod Komilov: "Lokomotiv" yanada kuchli bo'lib qaytadi"

"Lokomotiv" jamoasi poytaxt derbisida joriy mavsumdagi to'rtinchi mag'lubiyatini qabul qilib oldi.

Uchrashuvdan oldin tarkibda hususan himoya chizig'ida Slavko Damyanovich diskvalifikaciyada ekanligi bois uning o'rnini yosh futbolchilardan biri to'ldirishi kutilgandi. Andrey Fyodorov esa yakunda iqtidorli himoyachi Dilshod Komilovga imkoniyat berdi. O'zidan chakki taassurot qoldirmagan mudofaa chizig'i vakili bellashuvdan so'ng fikrlarini bildirib o'tdi.

"G'alaba uchun maydonga tushgan edik. Tezkor gol jamoamizning ruhiyatiga salbiy tasir qildi deb o'ylayman. Agar biz birinchi bo'lib hisobni ochganimizda o'yin surati butkul boshqacha bo'lardi. Ko'rayotgan bo'lsangiz uchta o'yindan beri dastlabki daqiqalardan boshlab darvozamizdan to'p olib chiqmoqdamiz. SHu bois o'zimizga kelishimiz qiyin kechmoqda. 

Maydon maysasi og'ir, stadionda havo dim. Bu ham futbolchilarni erkin harakatlanishiga tasir qiladi. To'g'ri, ikkita mag'lubiyatdan so'ng ruhan tiklanish og'ir bo'lmoqda. "Lokomotiv" yoshlarga ham katta etibor qaratmoqda. O'rinbosarlar jamoasidan asosiy tarkibga bir nechta futbolchilar jalb qilinyapti. Keyingi o'yinlarda g'alaba qozonishga harakat qilamiz. "Lokomotiv" hali o'z so'zini aytadi. Bilasiz har yili oldimizga yuqori maqsadlarni qo'yamiz.

Murabbiylarning ko'rsatmalarini astoydil bajarishga intilyapmiz. Ammo, nimadir o'xshamayapti. Bitta g'alabaga erishsak bo'lgani. Jamoamizni kayfiyatini ko'tarib olgan bo'lardik. Hujum chizig'ida jarohat olgan Marat Bikmaev, Abdulaziz Yusupovlar ham safimizga qaytsa kuchli bo'lishimiz aniq. Tushkunlikka tushmaymiz. "Lokomotiv" yanada kuchli bo'lib qaytadi",- deydi Dilshod Komilov.


Reyting: -4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика