So’nggi yangiliklar

12:14"Бока Хуниорс"нинг афсонавий мураббийи оламдан ўтди  0 11:55Марсело Бьелса: "Ўзбекистон ЖЧда иштирок этишининг ўзи катта натижа деб биламан. Ушбу йиғинда ҳар бир футболчининг имкониятларини кўриб олишимиз керак" (матбуот анжумани)  0 11:27Марсело Бьелса: "Ўзбекистон — мундиалга борадиган жамоа"  0 10:46МЮ раҳбари Аморимга 3 йил вақт берган  5 10:15"Нефтчи" собиқ мураббийи билан ҳисоб-китоб қилди  0 09:42Роналду дунё тарихидаги биринчи миллиардер футболчига айланди  19 09:13Ўзбекистон МТЖнинг бугунги учрашув учун тахминий таркиби  10 08:45"Насаф" U-21 жамоасининг қониқарсиз натижалари сабабли Зафар Холмуродов ишдан олинди  2 08:13Бугун Каннаваро терма жамоамизда дебют қилади  7 00:54Расман: "Вильярреал" ва "Барса" ўртасидаги Ла Лига ўйини Майамида ўтказилади  4 00:28ЖЧ саралаши. Саудия Арабистони Индонезияни қийинчилик билан мағлубиятга учратди  17 23:40Ўзбекистон – Кувайт учрашувини бошқариб борувчи ҳакамлар маълум  6 23:25Миср ўз тарихида тўртинчи бор Жаҳон чемпионати йўлланмасини қўлга киритди  0 23:16Расман: Консейсау "Ал Иттиҳод"га бош мураббий этиб тайинланди. Клуб қишда "Насаф"га қарши майдонга тушади  1 22:54Ўзбекистон термасининг Кувайтга қарши расмий машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  3

Dilshod Jo'raev: "Xorazm"ning Superligada o'ynashiga oxirigacha ishongandik" Yangiliklar

Dilshod Jo'raev: "Xorazm"ning Superligada o'ynashiga oxirigacha ishongandik"

"Xorazm" bir necha kun oldin tarkibiga tajribali futbolchilarni qo'shib olganini elon qildi.

 "Lokomotiv" bilan xayrlashgan yarim himoyachi Dilshod Jo'raev yangi mavsumda "Xorazm" libosida harakat qiladi. Futbolchi yangi jamoasiga o'tishi haqida fikrlari bilan o'rtoqlashdi. 

- "Xorazm"ga o'tishimga kelsak, bosh murabbiy Hakim Fuzaylov va direktor Ro'zimboy Ahmedovning taklifidan so'ng bu jamoada o'ynash istagi tug'ildi. Ochig'ini aytganda jamoamizning Superligada o'ynashiga oxirigacha ishondik. "Olimpik" rad javob bergach navbat bizga kelgandi. PFL o'zining principlariga sodiq qolishiga ishondik. Ikkinchi tomondan klub rahbarlari, homiylari qo'llab-quvvatladi.  O'ylaymanki, "Xorazm"ning Superligada o'ynashi barchaga qiziq, chunki jamoa uzoq tanaffusdan so'ng Superligada o'ynaydi. Hakim Fuzaylov qo'l ostida yaxshi jamoa shakllanmoqda. Superliga jamoalariga munosib qarshilik ko'rsata olamiz. Baribir birinchi yil oson bo'lmaydi. SHunga yarasha tayyorgarlik ko'ryapmiz. 

- Qura "Xorazm" uchun yaxshi raqiblarni berdi. Lekin baribir hamma raqib bilan o'ynaymiz. Yoqimli tomoni shuki, ilk turni "Do'stlik" stadionida mezbon sifatida o'tkazamiz. O'z maydonimiz tezroq bitishini va muxlislarimiz oldida to'p tepishimizni intizorlik bilan kutib qolamiz. Futbol muxlislar uchun. Yaxshi natijalar bilan ishqibozlarimizni xursand qilish uchun borimizni beramiz.

Abdulaziz Iskandarov yozib oldi

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика