So’nggi yangiliklar

12:50"Бенфика" Туркия терма жамоаси етакчиларидан бирини сотиб олди  1 12:22Водий дербиси қачон ўтказилади? Суперлиганинг октябрь ойи тақвими  0 12:05Иброҳимҳалил Йўлдошев тўп тепаётган "Қайрат"да бош мураббий ўзгарди  1 11:42Саудия Арабистони клуби яна бир бразилияликни ўз сафига қўшиб олди  1 11:17Роналду: "Португалия терма жамоасидаги фаолиятимни якунлаш? Мен асосий таркибда ўйнашим керак"  11 10:45Расман. Шукуровнинг янги жамоаси навбатдаги трансферни эълон қилди  0 10:17"Ал Иттиҳод" "Аякс" етакчиларидан бирини сотиб олди  1 09:50Германия терма жамоасининг янги сардори маълум  1 09:21"Ал Насср" "Челси" футболчисини 23 миллион еврога сотиб олди  2 08:52Легионеримиз жароҳат сабабли Ўзбекистон МТЖнинг сентябрь ойидаги ўйинларини ўтказиб юборади  6 08:24ПСЖ футболчиси "Ал Иттиҳод"га кўчиб ўтди  0 07:55Расман. Осимхен "Наполи"ни тарк этди  6 07:37Расман. Ўзбекистон терма жамоаси етакчиларидан бири фаолиятини Саудия Арабистонида давом эттиради  8 23:30Ильдар Маматказин: "Навбаҳор" билан зўр финал бўлади. Мухлислар? Яхшиси "Бобур Арена"га келинг"   14 23:08Умар Эшмуродов: "Ҳеч ким уч очкони осонгина бериб қўймайди. Суперлигамиз Малайзия чемпионатидан анча кучлироқ экан"  27

Dilshod Jo'raev: “Andijon"ni oliy ligada olib qolish uchun imkoniyatimiz etarli” Yangiliklar

Dilshod Jo'raev: “Andijon"ni oliy ligada olib qolish uchun imkoniyatimiz etarli”

Toshkentdagi “CHig'atoy” futbol maktabida millionlar o'yini bo'lmish futbolning sir asrorlarini o'rgangan Dilshod Jo'raev deyarli barcha yosh toifasidagi terma jamoalarda o'ynashga ulgurdi.
2009 yilda “Bunyodkor” tarkibiga kelib qo'shilgan Jo'raev tez orada asosiy tarkibda o'z o'rnini topa boshlagandi. Ushbu mavsumda Dilshod Jo'raev ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lish uchun “Olmaliq” jamoasiga ijara asosida ko'chib o'tadi. Birinchi davrada “Olmaliq” jamoasi sharafini himoya qilgan yarim himoyachi ikkinchi davradan “Andijon” klubiga yana ijara asosida borib qo'shiladi. Ayni damda Dilshod ushbu jamoani elitada olib qolish uchun barcha kuch va maqoratini ishga solmoqda. Biz Dilshod JO'RAEV bilan bog'lanib faoliyati to'g'risida suhbatlashdik.

-  Ayni paytda “Andijon” jamoasi oliy ligada turnir jadvalida xavfli zonada turibdi. CHempionatimizda qolgan uchrashuvlarda kerakli bo'lgan ochkolarni jamg'ararilmasa, jamoa quyi ligaga tushib ketishi mumkin. Bu borada raxbariyat qanday chora-tadbirlarni qo'llamoqda?
-  “Andijon”ning asosiy vazifasi oliy ligada jon saqlab qolish. Raxbariyatimiz, murabbiylar va futbolchilar bunday vazifani uddalash uchun qo'lidan kelgan barcha ishlarni amalga oshirmoqda. Xar bir uchrashuvlarimizni ko'rib chiqib, xatolarimiz ustida yana ham ko'proq ishlayapmiz. Oldimizda yana 4 ta tur bor. Elitada qolish uchun bizda imkoniyat etarli, deb o'ylayman. Oliy ligada qolish yoki qolmasligimizni “Obod” va “Navbahor” bilan bo'ladigan o'yinlar hal qiladi, menimcha. Bu yilgi chempionatimizning o'zi oson bo'lmayapti.  

-  Keyingi oyning so'nggida “Andijon” jamoasi ijara shartnomangiz yakuniga etadi. Transfer huquqingiz “Bunyodkor” klubiga tegishli. Kelgusi yili sizni “qaldirg'ochlar” safida maydonda ko'ramizmi yoki boshqa jamoaga o'tishingiz mumkinmi?
-  Nasib qilsa 2017 yildan boshlab “qaldirg'ochlar” tarkibida mashg'ulotlarda yaxshi ishtirok etib, o'z o'yinimni ko'rsatsam, asosiy tarkibdan joy olishim mumkin.

-  Nima uchun “Bunyodkor”dan boshqa jamoa safiga o'tgansiz?
-  O'tgan yili “Bunyodkor” safida ikkinchi davrada 15 ta uchrashuvning 10 tasida asosiy tarkibda maydonga tushdim. O'yin amaliyotiga ko'proq ega bo'lish uchun jamoa raxbariyati bilan kelishgan holda boshqa klubga ijara asosida o'tdim. Biroq “Olmaliq” jamoasida kam o'yin o'tkazdim. Bunga nima sabab bo'lganini ham aytib o'tdim. Ikkinchi davradan “Andijon” klubidaman. “Olmaliq”da 6 ta o'yin o'tkazgandan ko'ra “Andijon”da 24 ta uchrashuv o'tkazganim yaxshi. Agarda yoshim biroz katta bo'lganida “Bunyodkor” jamoasida qolgan bo'lardim. CHunki Klub raxbariyatlari meni jamoada qolishimni xohlashgandi.

-  Nima uchun “Andijon” variantini tanlagansiz, boshqa jamoalardan takliflar bo'lmaganmi?
-  Boshqa jamoalardan takliflar bor edi, biroq “Andijon”ning ahvoli biroz og'irligi bois ularga yordam berishga qaror qildim.

-  O'yiningiz pasayishiga nima sabab bo'lgan deb o'ylaysiz?
-  Bunga, birinchidan, o'zim sababchiman. SHu kungacha barcha yosh toifasidagi terma jamoalarda o'ynab keldim. Milliy terma jamoasi safida ham 2 ta o'yin o'tkazdim. SHu darajaga chiqqanimdan so'ng o'zim biroz bo'shashdim, deb o'ylayman. Buni yulduzlik kasali, demagan bo'lardim. Hozir qo'limdan kelgancha avvalgi darajamga chiqish uchun tinmay mehnat qilyapman. Sportda biroz bo'lsa ham hotirjamlikka berilmaslik kerak ekan.

-  Siz futbol maktabida tahsil olgansiz. Bolalar futbolida natija ketidan quvib, sifatni yo'qotib qo'yyapmiz. Siz bunga qanday fikr bildirasiz?
-  Yosh futbolchilarimizni sekin-asta yuzaga chiqarish kerak, deb o'ylayman. Ularga ko'proq imkoniyat berish lozim. Qo'ldan kelgancha yoshlarni qo'llab-quvvatlash kerak. Musobaqalarda barcha bolarni iloji boricha 15-20 daqiqa maydonda o'ynatgan maqul. Bu shahsiy fikrim. Bolalar futbolidagi murabbiylarga o'quv kurslarini tashkil qilish lozim. Yoshlarga etibor qaratilsa keyinchalik bu o'z so'zini aytadi.

Jahongir Sotvoldiev suhbatlashdi.
Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика