Dilshod Irsaliev: “Uch yil umuman to'p tepa olmaganman” II qism
30 jan 2014 16:00
Yangiliklar
Dilshod Irsaliev: “Uch yil umuman to'p tepa olmaganman” II qism
O'zbekiston futzal terma jamoasi bilan bo'lib o'tgan suhbatimizning ikkinchi qismini taqdim etamiz.
- Bizda futzal maktablarini ko'paytirib, bu jabhani rivojlantirish uchun nima qilish kerak deb o'ylaysiz? Yoshlarni moddiy tomondan qiziqtirish kerakmi yoki...
- Ha, moddiy tomondan qiziqtirish muhim. CHunki, katta futboldagi mablag' bilan mini futboldagi mablag'ni orasida katta farq bor.
- Maktablarimizni dayarli hammasida sport zallari bor, zallarda maktab o'quvchilari asosan mini futbol o'ynashadi. Bu tayyor futzal maktabi-ku?
- Nafaqat maktablardagi zallarda, balki kichik o'lchamdagi suniy qoplamali maydonlarda ham mini futbol o'ynashadi. O'sha erdan ham istedodlarni qidirsa bo'ladi. Ammo murabbiylarimiz bu ishni qilishmayapti.
Hozir havaskorlar o'rtasidagi musobaqa va turnirlarga faqat “Ardus” murabbiylari boradilar. Boshqa jamoalarning murabbiyini uchratmaysiz. Futzalni professional tarzda tortib keta oladigan o'yinchilar o'sha erda ham bor. Yosh futbolchi darxol o'ynab keta olmas, lekin malum vaqt tarbiyalab o'rgatsa o'ynab ketadi.
- MTJning bugungi futzalchilari yoki avvalgi avlod bugun futzalda murabbiylik qila boshlayaptilar. Siz o'zingiz, futzaldagi keyingi faoliyatingizga qanday qaraysiz?
- Bizda ko'p jamoalar yosh o'yinchilarga imkoniyat bermaydi, ularga o'zlarini ko'rsatishlari uchun sharoit yaratib berish lozim. Sapo terma jamoani boshqarganda parketga tushirmagan o'yinchisini o'yindan keyin chaqirib shunday derdi: Bugun tushirmagan bo'lsam hafa bo'lmagin, boshqa o'yinda tushiraman. Menga ham yoshligimda murabbiylarim – 10 soniyaga tushirdimmi, o'sha 10 soniyada nimadir qilishga harakat qil, deyishardi. Sizga 1 daqiqa o'ynash uchun imkoniyat berdimmi, o'sha 1 daqiqada bor narsani hammasini ko'rsata olinglar.
Ko'pchilik yoshlarni zaxirada ushlab o'tirishadi. Hech bo'lmasa ikki daqiqadan tushirib tajribasi oshirib borish kerak emasmi? SHunda o'sha bola ertaga nima qilishini bilmay dovdirab qolmaydi. Aksincha, o'yin amaliyoti ko'paygan sari ochilib boraveradi. Agar u har o'yinda zaxira o'rindig'ida o'tiraversa futzalga mehr uyg'onadimi? Undan ko'ra, borib ishlaganim yaxshi deb ketib qoladi.
O'zim ham havaskorlar ligasidagi jamoalardan birida murabbiylik qilib kelaman. Murabbiy bo'lgan jamoamda barcha o'yinchilarga 3-4 daqiqa bo'lsa ham imkoniyat beraman. O'yindan so'ng bazilari kelib, imkon berganim uchun minnatdorchilik bildirishadi. SHunda ularni ko'zida qiziqishni ko'raman.
- CHempionatimizning 3-turi shuni ko'rsatdiki, butun tarkibi terma jamoaga nomzod bo'lgan “Lokomotiv”ni “Do'stlik-AIN” ham, “Kogon” ham mag'lubiyatga uchratishi mumkin. Faqat o'yinchilarni qiziqtira olish va ruhlantira olinsa bo'lgani.
- Bu borada o'zimni shaxsiy fikrim terma jamoaga nomzod bo'lgan kuchli o'yinchilarni ikkitadan har bir jamoaga bo'lib chiqish kerak. SHunda har bir jamoada termaga azo kamida ikkita futzalchi bo'ladi. Bu esa barchaning kuchi bir-biriga yaqinlashadi degani. Bundan tashqari, o'sha jamoalardagi yosh o'yinchilar kuchlilarga qarab intiladi, ulardan juda ko'p narsalarni o'rganadi, tajriba orttiradi. Raqobat ham ikkita jamoani emas, balki barcha jamoalarni o'rtasida kechadi. Ana o'shanda chempionat qiziq bo'ladi, muxlislar ham zallarga ko'proq kela boshlaydilar.
- Qozog'iston klublarida terma jamoaga azo futzalchilar qanday bo'linganlar?
- U erda deyarli hamma jamoada terma jamoaga nomzod o'yinchilari bor. Faqat ayrim jamoalar bundan mustasno. Lekin, ular ham tarkiblarini yosh o'yinchilar bilan to'ldirib olishgan. 2-3 yildan keyin zo'r jamoaga aylanadi.
- Ikkitadan kuchli futzalchiga maosh to'lashga hamma jamoalarni ham qurbi etarmikin? Balki terma jamoa futbolchilariga maoshni malum bir tashkilot to'lashi kerak?
- Menimch har bir jamoa ikkitadan yaxshi o'yinchiga maosh to'lay oladigan darajada moddiy taminlangan. Bu narsa katta harajat talab qilmaydi.
- “Ardus” chempionlikni vazifa qilib qo'ysa, unda o'yinchilarini boshqa jamoalarga sotmaydi va yana MTJning saviyasi tushishni boshlaydimi? CHetdan qaraganda MTJni faqat “Ardus” o'ylayotgandek...
- Unday deb o'ylamayman, bunga birgina misol keltiraman. “Bunyodkor” futzal jamoasi tashkil etilgan yili “Ardus”ning asosiy tarkib azolari bo'lgan Artur Yunusov, SHuxrat Tojiboev va Javlon Anorovlar “qaldirg'ochlar” safiga borib qo'shilganlar. Ammo jamoa oldiga qo'ilgan talab o'zgarilmagan. Yakunda biz chempionlikni qo'lga kiritdik. “Ardus” hech qachon o'yinchilarni sotmayman deb oyoq tirab olmaydi. Aksincha yangi chiqayotgan yoshlarga joy bo'shatib ularni kashf qiladi.
- Jahongir Usmonovni futzaldagi o'rni haqida nima deya olasiz?
- Bu kishi hozir birinchi navbatda terma jamoani kuchaytirishga harakat qilmoqdalar. Tajriba oshirib kelsin deb bizni ham Qozog'iston chempionatiga qo'yib yubordilar. SHunda terma jamoaga ko'proq foydamiz tegadi. Aynan shu maqsadda “Ardus”ni yoshartirib bormoqdalar. Hozirgi “Ardus”ga ikkita yaxshi tajribali o'yinchi etishmayapti xolos.
Jahongir aka har bir o'yinni bevosita kelib ko'rib o'tiradilar, ko'pchilikni og'ziga tushgan “Do'stlik-AIN” jamoasidan uchta o'yinchi termaga chaqirilibdi. Ular asosan yoshlar chaqiriladigan fevraldagi yig'inda ishtirok etadilar. Bu vaqtda Qozog'istonda tur o'yinlari bo'ladi, shuning uchun biz legionerlar ishtirok eta olamizmi yoki yo'q nomalum.
- JCHga yo'llanmasini beruvchi Osiyo chempionatida Eron, Yaponiya, Tailand uchlikka kira oladilar. Bizga xalqaro musobaqalarda nima etishmayapti deb o'ylaysiz?
- Kim qanday bilmadim, lekin, O'zbekiston chempionati bilan xalqaro maydonlardagi o'yinlarni solishtirib bo'lmaydi. SHu jihatlarni ham inobatga olish kerak. Klubda zo'r o'ynaydi, terma jamoada esa o'zini ko'rsata olmaydi. MTJdagi raqiblarimizning saviyasi O'zbekiston chempionatinikidan katta ekanligini unutmasligimiz kerak. Buning uchun kuchli va raqobatga ega chempionatni shakillantirishimiz kerak.
- Eronni qaysi jihatlarini kuchli deb bilasiz?
- Ularda maxsus futzal maktablari bor, yoshlikdan mini futbol bilan shug'ullanadilar. Qachon qanday harakat qilishni biladilar. Hatto Eronni ham yutsa bo'ladi. Buning uchun bor imkoniyatni ishga solib harakat qilish kerak. Katta futbolda birgina futbolchi juda ko'p narsani hal qilib qo'yishi mumkin, futzalda esa hamma bir xilda harakat qilishi kerak.
- SHaroitdan kelib chiqsak, uy, safar tizimini yo'lga qo'yish jamoalarga og'irlik qiladi. SHuning uchun bitta tur ketma-ket besh kun o'tkazilmoqda. Aynan shu jihat ham salbiy tasir ko'rsatmayaptimikan?
- Misol uchun bizda Qozog'istondagichalik uzoq masofaga borish shart emas. SHaharlarimiz orasidagi masofa unchalik uzoq emas. U erda poezdda 3 kunlab yurgan paytlarimiz ham bo'ldi.
Besh kun davom etadigan tur uchun jamoalar 2 kun oldin etib kelishadi. Demak, bir hafta harajat qiladi, undan ko'ra uy-safar tizimiga o'tilsa, uydagi o'yinlarga deyarli harajat qilinmaydi. Bu har bir jamoaga moddiy tomondan ham foyda. Toshkentda “Ardus”, “Bunyodkor”, “Paxtakor” jamoalarida o'zlarini zallari bor. Samarqand, CHirchiq, Namangan, Qarshi shaharlarida ham zamonaviy zallar mavjud.
- Qozog'istondagi braziliyalik va ispaniyalik legionerlardan o'zingizga nimadir olyapman deb o'ylaysizmi?
- Kuchli legionerlar bilan o'ynaganda bizni hurmat qilishlari uchun ham qo'shimcha kuch bilan harakat qilamiz. Hozir u erda o'zbekistonlik legionerlarga bo'lgan munosabat o'zgaryapti. Avvaliga bizni mensishmayotgandek edilar.
- O'zingizni o'yinchilikdan keying faoliyatingizni qanday tasavvur qilasiz?
- Xorijlik kuchli murabbiylar bilan ishlab ularni har biridan kerakli jihatlarini o'zlashtirishga harakat qilayapman. Bu menga murabbiylik faoliyatimda as qotishi mumkin. Hozirda futzal tezlashib ketmoqda, standart vaziyatlardan imkoni boricha yaxshiroq foydalanish kerak. To'pni oldingmi, darhol uzat, keyin zarba va gol. Qozog'istonda chempion “Qayrat” bilan 7:7 hisobida durang o'ynagan bo'lsak, to'rtta golni aynan standartdan kiritdik. Standartlar ko'p narsani hal qilib bermoqda. Aynan shu narsani murabbiylik faoliyatimda qo'llashni niyat qilganman. Hozir ham havaskorlar ligasida bilmlarimni imkon qadar amalga tadbiq etyapman.
- Hozir yirik hisoblar kam qayd etilmoqda o'yinlarda avvalgidan farqli o'laroq. Bunga nima sabab deb o'ylaysiz?
- Bizga kelib ishlab ketgan xorijlik murabbiylar himoyaviy uslubni o'rgatib ketishdi. Ko'p jamoalar o'z o'yinlarini himoyadan qurishmoqda. Oldingidek to'pni oshir va yugur emas. Tinimsiz paslar, o'yinchilar ham o'z joylarini tezda almashtirib turishadi.
- OAVning futzaldagi o'rni qay darajada deb o'ylaysiz?
- Qani edi futzalni ham katta futbol kabi yoritishni yo'lga qo'ysangizlar. Bu boshlagan ishilar yaxshi. Bizning futzalimizdagi voqealar ham berib borilsa muxlislarning qiziqishini uyg'otishi aniq. Zallar ham odamlar bilan to'lib tosharmidi.
Nodirxo'ja Yuldashev suhbatlashdi (foto muallifniki)

Fikrlar