Dilshod Irsaliev: “Uch yil umuman to'p tepa olmaganman” I qism
30 jan 2014 14:04
Yangiliklar
Dilshod Irsaliev: “Uch yil umuman to'p tepa olmaganman” I qism
O'zbekiston futzal terma jamoasining ishongan futbolchilaridan biri, bu Dilshod Irsaliev bo'ladi. Joriy yildan boshlab “SA” saytida kichik futbolga alohida etibor qaratiladigan bo'ldi.
Bu borada O'FA bilan hamkorlik o'rnatdik va endi saytimizda futzal muntazam yoritib boriladi. Katta futbolda bo'lgani kabi, futzalchi va murabbiylar bilan qator suhbatlar o'tkazamiz. Kuni kecha saytimiz mehmoni bo'lgan Dilshod irsaliev futzalga qachon va qanday kirdi? Bu hammangiz uchun qiziq bo'lsa kerak.
“Sag'bonning orqa tarafida “Namla” degan mini futbol zali bo'lar edi. Biz havaskor sifatida mini futbol o'ynab yurardik. 2003 yillar edi. Bazan “Ardus” azolari Ahad Yusupov, Artur Yunusov va Jamoliddin SHaripovlar kabi futzalchilar biz bilan birga o'ynab turardilar. Bir safar “Ardus” yangi o'yinchilarni jamoaga qabul qilish uchun ko'rik o'tkazayotganligini aytib, meni ham sinab ko'rishga taklif qilishdi. Bir oy davom etgan ko'rikdan so'ng “Ardus”ga qabul qilindim. SHu tariqa 2007 yildan mini futboldagi faoliyatimni boshlab yubordim. 2008 yilda esa terma jamoaga chaqirishdi”, - deydi Irsaliev.
- Unga qadar katta futbolda biror-bir maktabda shug'ullanganmisiz?
- Respublika Olimpiya zaxiralari sport kollejida Ignatiy Nesterov, Islom Inomov, Ilyos Zeytullaev va Olim Navkarovlar bilan bir guruhda o'qiganman. Hozir ular katta futbolda o'z faoliyatlarini davom ettirib kelishmoqda. Men 1983 yillar guruhida eng kichigi edim, shunga qaramasdan barcha normativlarni topshirganman va kollejga kirganman.
- Qachon va nima sababdan katta futbolni tark etgansiz?
- ROZSKga 1996 yilda kirgan bo'lsam, 2 yildan keyin BO'SM-2 jamoasiga borib 2-ligada o'ynashni boshlaganman. Afsuski, bir yil ham o'ynamasdan oshqozonimni operaciya qildirganman. 1999 yil jarrohlik stoliga yotishga majbur bo'ldim. Bir haftada 2 marotaba, 2 oy o'tib yana bir bor operaciya qilishdi. O'shanda shifokorlar ota-onamga yaxshi ham o'g'lingiz sportchi ekan, aks holda organizmi bir haftada ikki marta narkozni ko'tara olmasligi mumkin edi deyishgan edi.
Jarrohlik amaliyotidan keyin 3 yil umuman futbol o'ynamadim. Hattoki mahallada ham bollar bilan to'p tepmaganman. Kattagina tanaffusdan so'ng sekin-asta yana futbol bilan shug'ullana boshladim. Yoshlikdan futbol o'ynab yurgan odam, barii-bir usiz yashay olmas ekan. Butun vujudim futbol o'ynashga intilardi, shifokor bilan maslahatlashganimda yana futbol o'ynayverishim mumkinligini aytdi.
Uzoq vaqt umuman o'ynamaganim uchun professional futbolni hatto hayol ham qilmadim. Havaskor sifatida turli turnirlarda qatnashib yurdim. Mana shunday havaskorlar turnirlaridagi o'yinlar orqali sport formamni tiklab oldim, orada 2-ligada ham o'ynab ko'rdim. Keyin “Ardus”ga ko'rikdan o'tishga kelib, futzaldagi professional faoliyatimni boshlaganman.
O'zbekiston milliy terma jamoasi hamda futzal terma jamoasi o'rtasidagi o'yinda Vadim Abramov Jahongir Usmonovdan agar milliy termaga bersa, Dilshod Irsalievni bosh jamoamizda o'rtada o'ynatishini aytganida, Jahongir aka, “yo'q, u ketsa futzal termasida kim o'ynaydi?”, deb javob bergan.
- Yoshlikda katta futbol bilan shug'ullangansiz. Katta va mini futbolning texnikasi tamomila boshqa-boshqa, bu sizga mini futboldagi faoliyatingizda qiyinchilik tug'dirmaganmi?
- Menga qiyinchilik tug'dirmagan. CHunki, jarohatdan qutulganimdan keyin asosan mini futbol o'ynaganman. Hatto, talabalar o'rtasidagi musobaqalarda Arxitektura va qurilish instituti jamoasiga ham o'ynaganman.
- Avvallari ko'pchilik futzalga havaskor ko'z bilan qarar edi, hozir esa futzal professional tarzda yuritib kelinmoqda. Futzal bo'yicha milliy chempionatimiz bor. Osiyo chempionati va Osiyo chempionlar ligasida muntazam ishtirok etib kelyapmiz. Asosiy maqsad esa JCH. Lekin yoshlarning futzalga borishi etarlicha emas. Birgina “Ardus” terma jamoa manfaatini o'ylab yosh o'yinchilarni tarbiyalab, tajriba to'plaganidan so'ng boshqa jamoalarga sotib, keyin yana yangi yoshlarni chiqarmoqda. Agar “Ardus” shu yo'ldan yurmasa, futzalimiz 2-3 yildan keyin oxirgi manziliga etib kelishi mumkin. Siz bunga qanday qaraysiz?
- Qozog'istonda har bir jamoaning zayavkasida ikkita yosh o'yinchi bo'lishi shart. Endi hisoblab ko'radigan bo'lsak, har bir jamoada ikkitadan yosh o'yinchi bo'lsa, 10ta jamoada 20 nafar yosh o'yinchi bor degani. SHuni o'zi ham katta foyda. Keyingi yil yana yangi yoshlarni topish kerak bo'ladi. SHuning uchun u erda hozirgi avlodni o'rnini egallay oladigan yoshlar bor. Nima uchun bizda shunday qilmaslik kerak? Qilsa bo'ladi-ku!
- Qozog'istondagi jamoalarning futzal maktablari bormi?
- Aniq biladiganim “Qayrat” va “Tulpar”da maxsus futzal maktablari bor. Qolgan jamoalar esa ko'pincha katta futboldan o'yinchilarni olishadi.
Davomi bor.

Fikrlar