So’nggi yangiliklar

16:10Суперлига. “Қўқон-1912” — ОКМК. Асосий таркиблар маълум  1 16:10Камолиддин Мурзоев "Насаф" - "Бунёдкор" учрашуви олдидан нима деди?  0 15:48"Бизга учта ғалаба керак ва жамоамиз ЕЧЛда бўлади" — Пеп Гвардиола  3 15:20"Қўқон-1912" стадиони ОКМК билан беллашувга тайёр!  5 14:55"Ньюкасл" эмблемасини янгиламоқчи  3 14:27"Хаби билан бутун футбол оламини ҳайратга солган жамоани шакллантирдик" — "Байер" спорт директори   1 14:00"Сурхон"нинг голида офсайд қайд этилишича ёрдамчи ҳакамнинг қарорига таянилган, VAR'да эса тасвирлар етарли бўлмаган — Эксперт ҳакамлар қўмитаси  21 13:31"Манчестер Юнайтед" тажрибали дарвозабон билан шартномани узайтирмоқчи  0 13:03"Барса" етакчилари Араухонинг "Реал"га қарши ўйнашига қарши  20 12:37Ким чемпион? Гёкереш ёки Ди Мария? Бугун Португалияда мавсум ўйини бор  4 12:17Ямаль машҳур бренднинг элчиси бўлди  3 11:49Рафаэл Леау АПЛнинг топ-клублари диққат марказида  0 11:20Ички ҳиссиёт. "Насаф" бугун Қаршида очко йўқотади(ми)?  18 11:12Роналду "Спортинг"га ўтишга яқин. Португалиялик ЖЧ-2026га қадар ватанига қайтмоқчи  9 10:46"Арсенал" асосий футболчиси билан музокараларни бошлади  3

Dilshod Eminov: “Olmaliq”ni yirik hisobda yutishimiz ham mumkin edi” Yangiliklar

Dilshod Eminov: “Olmaliq”ni yirik hisobda yutishimiz ham mumkin edi”

Kecha O'zbekiston Kubogining 1/16 final bosqich o'yinlari bo'lib o'tdi.
Unda Quvasoydagi “Cementchi” – “Olmaliq” (3:2) bahsidagi qayd etilgan natija etiborga molikdir.

Birinchi bo'limdan so'ng 2:0 hisobida mag'lubiyatga uchrayotgan birinchi liga jamoasi ikkinchi bo'limda hisobni tenglashtirib, qo'shimcha taymlarda g'alaba to'pini kiritishga erishdi. Mehmonlar darvozasi tomon belgilangan ikkita penaltini ham golga aylantira olgan “Cementchi” sardori Dilshod Eminov uchrashuvdan so'ng saytimizga intervyu berdi.

- Ochig'ini aytganda, jamoangizning chempionatdagi ishlari unchalik zo'r emasdi. Kubokdagi kurashni ham oliy liganing etakchi klublaridan biri “Olmaliq”qa qarshi kurash bilan boshladinglar. O'yinga qanday tayyorgarlik ko'rgandinglar?
- “Olmaliq”ni kuchli jamoa ekanini va bizgacha “Buxoro” safarda yirik hisobda mag'lub etib, yuqori kayfiyatda kelishini bilardik. To'g'risi, bu jamoaga ham odatiy tarzda tayyorgarlik ko'rganmiz. Sport TVda “Futbol sharhi” ko'rsatuvi orqali “Buxoro”ga urgan gollariga guvoh bo'ldik xolos. Murabbiylar shtabi ham alohida ko'rsatma bermagandi.

- Birinchi bo'limda ikkita to'p farqi bilan tanaffusga chiqib ketdinglar. SHunda vaziyatni o'nglashga shaxsan siz qanchalik ishongandingiz?

- Raqib futbolchilari 6-daqiqada gol urib, hisobni ochishga erishdi. Tezkor gol ularni yanada ruhlantirib yubordi va tan olish kerak, birinchi taymda ustunlik to'liq “Olmaliq” tomonida bo'ldi. Tanaffusda esa murabbiylarimiz o'zimizga kelib olishimizni va hotirjam tarzda o'ynab, hisobni o'zgartirish mumkinligini aytdi. To'g'risi, men ikkinchi bo'limga chiqayotganda, hisobni tenglashtirishdan ham ko'ra bitta gol urib muxlislarga quvonch bag'ishlashni o'yladim. Raqibning birinchi bo'limdagi o'yinidan keyin ikkita gol urib, vaziyatni o'nglab ketishimizga ishonish qiyin edi. Xudoga shukur, ikkinchi taymda ikkita gol bilan javob qaytardik.

- Hakam tomonidan belgilangan penaltilar borasida nima deysiz?
- Birinchisida raqib futbolchilar o'z jarima maydoni ichida Azizxon Ibragimovni chalib yiqitishgani uchun hakam 11 metrlik nuqtani ko'rsatdi. Ikkinchi marotaba belgilangan penaltida esa to'p jarima maydoni ichida himoyachining qo'liga tekkandi.

- Nuqtaga yaqinlashayotgan paytda hayolingizdan nimalar o'tganini izohlab bera olasizmi?
- Ilk penaltini amalga oshirish uchun nuqutaga hayiqmasdan yaqinlashdim. CHunki ishonch yuqori bo'ldi. Gol urishimga ich-ichimdan ishongandim. Ikkinchisida esa hayajon bosdi. Negaki muxlislar qarshisida o'ynayapmiz. Hal qiluvchi gol. Aniq amalga oshirsam, qiyin vaziyatdan chiqib ketishimiz mumkin. Aks xolda... Yaratganga shukur, har ikki penaltida ham darvozabonni alday oldim.

- 3-4-taymlar katta hayajon ostida o'tgan bo'lsa kerak?
- Nimasini aytasiz. Ishtaha ovqat paytida keladi deganlaridek, hisobni tenglashtirganimizdan keyin g'alaba uchun harakat qildik. Uchinchi bo'limda Alisher Fayzullaev imkoniyatdan unumli foydalanib qoldi. Ishonasizmi keyin bizda gol urish uchun yana bir nechta imkoniyatlar paydo bo'ldi. Ikkita birga-bir vaziyatdan foydalana olmadik. Aks xolda “Olmaliq”ni yirik hisobda yutishimiz ham mumkin edi.

- “Olmaliq”ning o'yini sizda qanday taassurot qoldirdi?
- Juda yaxshi jamoa. Murabbiyi Igor SHkvirin ham mamlakatimizdagi eng kuchli murabbiylar qatoridan o'rin olgan. Ular shu kuni yomon o'ynamadi. Hisobda oldinga chiqib olganimizdan so'ng, raqib futbolchilari shoshib qoldi. Bunday vaziyatda har qanday jamoaning o'yini qovushmaydi. “Olmaliq” ham mag'lubiyatdan qutilib qolish uchun asosiy etiborini hujumga qaratdi. Hattoki himoyachilari ham oldinga o'tib ketdi. “Cementchi” esa asosan qarshi hujumda o'ynadi.

- Aytingchi, “Cementchi”ning chempionatdagi ishlari nega ijobiy kechmayapti?
- Aniq bir sababni ko'rsatish qiyin. Jamoa tarkibi yangitdan tuzildi va endi-endi shakllanib bormoqda. Yigitlarni tushunib ketishlari uchun ozgina vaqt kerak. CHempionatning dastlabki ikki turida durang qayd etdik. Rahbarlarimiz v muxlislar qarshisida bosim yuqori bo'ldi. Keyin futbolchilarda ham g'alaba qozona olmagan uchrashuvlarimizdan so'ng ozgina ishonchsizlik paydo bo'ldi. O'ylaymanki asta-sekin hammasi ko'ngildagidek kechadi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика