So’nggi yangiliklar

02:00Камбек! 0:2 ҳисобида мағлуб бўлаётган "Милан" ғалаба қозонди ва Суперкубок эгасига айланди  18 01:32Навбат "Барселона"га келгандами? RFEF дагилар рўйхатдан ўтказиш қоидаси эскирган деб ҳисоблашмоқда  0 00:58Испания Кубоги. "Реал" меҳмонда 5та гол урди  3 23:37"Шўртан" "Металлург"нинг икки вакилини ўз сафига қўшиб олди  1 22:52Қирол Кубоги. Отабек Шукуров ўз ҳисобига ассист ёздириб қўйди, аммо жамоаси мағлубиятга учради  0 22:40Акбар Ўктамов - ОКМК футболчиси  0 22:24Шерзод Комилов "Сурхон"га ўтди  0 22:01ФарДУни Сергей Лебедев бошқаради  8 21:47"Реал Мадрид" асосий таркибни эълон қилди  11 21:24"Сўғдиёна" Дубайда қайси жамоаларга қарши назорат ўйини ўтказади?  2 19:56Ансу Фати яна ижарада ўйнашга рози  7 19:30"Ливерпуль" Дарвин Нуньесни сотишга тайёр  3 19:03Расман: Жавоҳир Сидиқов "Насаф" билан шартномасини узайтирди  5 18:39"Манчестер Юнайтед" Рэшфордни Хвичага алмаштирмоқчи  9 18:13"Айтишларича, "Реал"га йўл оларкан, лекин ҳимоядаги бундай ўйини билан у "Транмер Роверс"га ўтади"  1

Dilshod Ashirov: "Mashal" futbolchilarining jismoniy holatidan qoniqmoqdamiz" Yangiliklar

Dilshod Ashirov: "Mashal" futbolchilarining jismoniy holatidan qoniqmoqdamiz"

"Mashal" PFK bir necha kun oldin Toshkentda bo'lib tibbiy ko'rikdan o'tib keldi.
Ayni vaqtda klub bosh shifokori bilan jamoaning ikkinchi davra oldidan jismoniy holatini bilish uchun suhbatlashdik.

- Yaqinda "Mashal" Toshkentdan tibbiy ko'rikdan o'tdi. Umumiy xulosalar qanday?

Biz uchun quvonarlisi barcha futbolchilarimiz tibbiy ko'rikdan muvaffaqiyatli o'tdi. Faqatgina hozircha ko'rikdagi legionerlarimizda kichik muammolar bor. O'ylaymanki,  ular ham tez orada muhitga moslashadi va qolgan futbolchilarimizdek tibbiy ko'rikni alo topshiradi. Ushbu ko'rik juda ham jiddiy bo'lib bunda har bir futbolchi eng so'ngi , zamonaviy tibbiy anjomlar bilan ko'rikda bo'ldi. Yozgi tatilda ko'pgina futbolchilar mavsumdagi holatini butunlay o'zgartiradi va formadan chiqadi. Bu esa yurakka ko'p yuklamalar berib qo'yadi. Bizda shunday muammolar bo'lmasligi uchun tatilni ham qisqaroq o'tkazishni maqul ko'rik. Undan tashqari tog'dagi yig'in ham juda samara berdi.
 
- Tog'dagi yig'in futbolchilarning jismoniy holatini yaxshilash uchun qaratilgan edimi ?


Undan ham muhimi futbolchi bir hafta yo'qotgan energiyasini tiklashga qaratiladi. Bir hafta bu futbolda juda katta muddat. Aynan ushbu yig'in jamoamizga katta foyda keltirdi. Mavsumni ushbu davrida olib borilgan yig'in samara beradi.

- Yuqorida legionerlarning tibbiy ko'rik bilan bog'liq masalalari haqida to'xtalib o'tdingiz bu borada to'liqroq malumot bersangiz?


Bu malum muddatda bo'lib o'tdigan holat. Ularda ham adoptaciya jaroyoni ketmoqda va yana bir marta ko'rikdan o'tadi. Misol uchun Kamerundan 15 soat davomida uchib kelib ikki kundan so'ng ko'rikdan o'tish ozgina qiyinchilik tug'dirdi. SHifokorlar ko'nikish jaroyoni to'la yakunlangandan so'ng qaytadan ko'rik bo'lishi haqida aytdi. Moldovalik Gonca esa qaytib kelib ko'rikdan o'tadi.

- Futbolda tibbiyotning o'rni katta. Ayni vaqtda jamoa futbolchilari yozgi oralig'ida kimyoviy dorilardan foydalanadimi?

Bu futbolning ajralmas qismi. Bizda FIFA tomonidan tasdiqlangan tibbiy vitamin va dorilarning barchasi etarlicha. Bundan esa biz ham foydalanib kelamiz. Ayniqsa vitaminlar va kerakli tiklanish dorilarini kerak deb hisoblayman. Jamoamizda ham bundan foydalanamiz. Jahonning etakchi klublarida to'p surayotgan futbolchilar ham holatini yaxshilab borish uchun dorilardan foydalanadi. Faqatgina belgilangan normalarga to'la amal qilish shart. Ortiqcha qabul qilingan kimyoviy vositalar sog'liqqa jiddiy tasir o'tkazadi.
 
- Misol uchun "Mashal mavsumga tayyorgarlik asosan Yangierda va tog'da olib boradi. Bu jamoaga Muborakda o'tgan uchrashuvlarda o'z tasirini o'tkazmaydimi ?
 
 Bunday deb o'ylamayman. To'g'ri bizda yig'inlar asosan tog'da va Yangierda bo'lib o'tadi va bu Muborakdan ko'ra boshqacha muhit.  Biz har doim uy uchrashuvlarimizga kamida bir hafta Muborakda tayyorgarlik olib boramiz va ko'p futbolchilar Muborakdagi ob-havoga to'la moslashgan. Ayni vaqtga kelib esa biz tayyorgarlik o'z maydonimizda olib bora olmaymiz. Birinchidan keskin issiq futbolchilarning jismoniy holatini tiklash o'rniga yo'qotishga olib keladi. Ikkinchidan Muborakda nazorat uchrashuvlarini o'tkazish uchun faqatgina "Nasaf" bo'lishi mumkin. "Buxoro" ham asosan Toshkentda bo'ladi. Yangierda esa ham stadion , ham nazorat uchrashuvlari uchun qulay hudud. Ob-havo ham etarli darajada bo'lib turadi. "Mashal"ga uy uchrashuvlarini Muborakda o'tkazganda hech qanday tasir o'tkazmaydi.
 
- Bugunga kelib jamoa futbolchilarining sog'lig'i qay darajada?


Jismoniy holatni ko'proq bosh murabbiy o'rganib chiqadi. Sog'ligi borasida aytadigan bo'lsam biz bundan to'la qoniqmoqdamiz. Eng asosiysi yangi mavsumga jarohatlarsiz kirib bormoqdamiz. Bu biz uchun muvaffaqiyat.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика