So’nggi yangiliklar

23:11Битта гол урилган Тошкентдаги "Олимпик" — "Бунёдкор" ўйинидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 23:00Франция чемпионати. "Ланс" Ҳусановсиз ўз уйида "Марсель"дан учта тўп ўтказиб, мағлуб бўлди  6 22:49Моуринью "Реал" собиқ ўйинчисини нишонга олди  1 22:11АПЛ. "Арсенал"дан йирик ғалаба, лондонликларнинг сўнгги голини ўтган йили Ўзбекистонга қарши баҳсда ҳаракат қилган 17 ёшли ўйинчи урди  7 22:06Бундеслига. "Байер" 0:2ни 5:2 қилди, "Боруссия Дортмунд"дан жавобсиз 4та тўп, "Хоффенхайм" — "Лейпциг" ўйинида 7та гол  0 22:00Суперлига. Экстра-тайм: жорий мавсум узоқ давом этган ўйинлар  0 21:35"Манчестер Сити" — "Тоттенхэм". Холанд ва Сон Хён Мин асосий таркибда  0 21:10"Милан" — "Ювентус". Таркиблар маълум  6 20:57А Серия. "Интер" "Верона"га қарши ўйин тақдирини биринчи бўлимнинг ўзида ҳал қилди  0 20:40Вадим Абрамов: "Барча голларни қарши ҳужумлар туфайли ўтказиб юбордик, ўйин учун режамиз умуман бошқача эди"  2 20:27Александр Хомяков: "Раҳбарият янги мутахассис излаётган экан, демак улар мендан мамнун эмас"  6 19:44"Арсенал" - "Ноттингем Форест". Таркиблар билан танишинг  0 19:35"Челси" ғалаба қозонди ва жадвалда 3-ўринга чиқиб олди  1 19:27Илёс Зейтуллаев: "Йигитлар сўнгги учрашувларда асосий ва захира деган тушунчалар йўқлигини тушунишди"  3 19:21Суперлига. "Андижон" "Динамо"ни йирик ҳисобда мағлуб этди ва Суперлигада ўрнини сақлаб қолди  13

Dilshod Andaev: "Maqsadimiz "Mashal"ga munosib futbolchilar etkazib berish" Yangiliklar

Dilshod Andaev: "Maqsadimiz "Mashal"ga munosib futbolchilar etkazib berish"

Xabaringiz bor ushbu mavsumda birinchi ligada "Mashal BO'FM" jamoasi ishtirok etadi.
O'zbekiston kubogining saralash bahslarida ishtirok etgan jamoamiz birinchi liganing "G'ijduvon" jamoasini 2:0 hisobida mag'lub etdi. Ushbu uchrashuvdan so'ng jamoa bosh murabbiyi Dilshod Andaev klub rasmiy sayti uchun mavsum oldi fikrlarini bildirib o'tdi.

- Dilshod aka dastlab "G'ijduvon"ga qarshi bo'lib o'tgan O'zekiston kubogining saralash bahsi haqida o'z fikrlaringizni bildirib o'tsangiz.
- G'alabaga erishdik va bundan mamnunmiz. Yoshlar ishonchimizni oqlamoqda va imkoniyati etgunicha harakat bilan o'ynadi. Ushbu uchrashuvda 7 nafar futbolchimiz Toshkentda bo'lib o'tayotgan "Barakamol avlod-2014" saralash bahslarida ishtirok etayotganligi bois maydonga tusha olmadi. Biz bundan fojea yasamay ishlashda davom etamiz.

Ushbu uchrashuvda Ahror Inoyatov, Eldor Xolmirzaev, Sanjar Ahmedov, Oybek Jo'raev, Rahim Davronov, Jafar Ismoilov kabi futbolchilarimiz o'z debyut uchrashuvlarini o'tkazishdi va ishonchni oqladilar. Biz yil davomida barcha futbolchilarimizga imkoniyat berib mahoratlarini oshirib boramiz. Bunday futbolchilar kelajakda "Mashal" uchun kerakli futbolchilar bo'lib etishishi uchun hozirdan tayyorgarlikni boshlashimiz kerak.

- Tarkib asosan yoshlardan iborat va bu yoshlar bilan jamoa natija ko'rsata oladimi?

- Haqiqatdan ham tarkibimiz asosan 1996-1997 yilda tug'ilgan yoshlardan iborat. Undan tashqari ayni vaqtda jamoamizda Humoyun Murtozoev, Sirojiddin Gulyamov, Bobur To'raev kabi tajribaga ega bo'lgan futbolchilarimiz ham bor. Ular jamoani o'z ortida ergashtira oladi.

- Tarkibda individual mahoratga ega bo'lgan alohida futbolchi ko'rinmayapdi. Bu borada fikringiz qanday?

- Nafaqat bizda balki Oliy liganing barcha jamoaariga qarang bironta jamoada alohida mahoratga ega bo'lgan va o'z ortidan jamoani ergashtira oladigan futbolchi yo'q. Ayni vaqtda hamma jamoa jamoaviy o'yin tarafdori bo'lib qolmoqda. Bu juda yomon va men bunga butunlay qarshiman. Meni maqsadim alohida individual mahoratga ega bo'lgan futbolchini tarbiyalashga qaratilgan. SHkvirin kabi futbolchilar bizni klublar uchun juda kerak.

- "Mashal Bolalar Futbol Maktabi" ("Mashal BO'FM") jamoasini mavsumga tayyorgarligi borasida ham aytib o'tsangiz?

- Har doimgidek ushbu mavsumga ham jamoamiz tayyorgarlikni to'liq Muborak shahrida olib bordi. Tayyorgarlikni dekabr oyidan boshladik. Yuqorida aytib o'tganimdek tarkib 1996-1997 yilda tug'ilgan yoshlardan iborat jamoadir. Yig'inlar davomida "Buxoro" asosiy va yoshlar tarkibi, "Spartak", "Alanga", "Nasaf"yoshlariga qarshi bir nechta nazorat uchrashuvlarini o'tkazdik.

- Birinchi ligadagi bu jamoa murabbiylar shtabi qanday tuzilgan?
- Bosh murabbiy o'zim va menga Baxtiyor Sattorov yordam beradi. Darvozabonlar murabbiyi Aktam Berdiev hisoblanadi. Undan tashqari maslahatchi murabbiy vazifasini Aleksandr Xomyakov ham bajarab turadi.

- Demak bu jamoa ham bevosita asosiy jamoaga bog'langan bo'ladi. SHundaymi?
- Albatta shunday. Bu jamoa ham deyarli barcha uchrashuvda 3+5+2 taktik sxemada maydonga tushadi. Asosiy tarkib ham shu yo'ldan bormoqda va biz jamoani hozirdan shakllantirib borishimiz kerak. Birinchi liga ham, o'rinbosarlar tarkibi ham biz xil o'yin uslubiga ega bo'lsa kelajakda asosiy tarkibga kirishib ketish muammo bo'lmaydi deb o'ylayman. SHu bois Aleksadr Xomyakov bilan hamkorlikda ish olib boramiz. Eng munosiblar esa asosiy tarkibga o'tib boraveradi.

- Tarkib to'liq klub akademiyasi yoshlari bilan shakllantirilgan. Asosiy tarkibga o'tganlar o'rni ham akademiya yoshlari bilan to'ldirib borilsa kerak?
- Maqsadimiz ham shu. Mana masalan o'tgan yilgi tarkibdan Ixtiyor To'shpo'latov, Otabek SHukurov, Javohir Ilyosov, SHohjahon Abbosov, Asliddin Abdiev, Eldor SHomurodov kabi futbolchilarimiz birinchi ligadan Oliy ligaga o'tishdi va o'rini ham akademiya yoshlari bilan to'ldirdik.

Ushbu yilda Tursunmurod Hamdamov, SHohjahon Qilichev, Rahim Davronov, Humoyun Murtozoev kabi futbolchilarimizni ham ikkinchi davradan jamoaning o'rinbosarlar safiga o'tkazib o'rnini 1997 yilda tug'ilgan yoshlar bilan to'ldirmoqchimiz.

- Jamoa mavsum starti oldidan qanday maqsadni ko'zlamoqda?
- Eng avvalo maqsadimiz klub ananasiga sodiq qolgan holda O'zbekistonning turli yoshdagi terma jamoalariga eng munosib futbolchilarni etkazib berish va "Mashal" klubini eng munosib futbolchilar bilan taminlab borishni rejalashtirganmiz.  Maqsadimiz faqat shunga qaratilgan.

Undan keyin ayni mavsum uchun dastlab kuchli sakkizlikka kirishni o'ylayapmiz. Agar bizni jamoamiz uni uddalay olsa ko'proq amaliyotga ega bo'lgan jamoani shakllantira olgan bo'lardik. Biz narsani oldindan aytib bo'lmaydi va aynan shu jamoamiz kuchli sakkizlikka kira olmasa biz bundan fojea yasamaymiz va ishlashda davom etamiz.

Meni yana bir narsa o'ylantiradi. PFL ning mana shu tizimi ancha samarasizdek ko'rinmoqda. Negaki qaysidir jamoa sakkizlikka kira olmasa yarim mavsum davomida bekor yuradi. Bir haftalik turnir bilan hech narsa o'zgarmaydi. Mana shni o'rniga 20 ta jamoa qilib , bir mintaqali 38 ta o'yin o'tkazsak yaxshi bo'lardi. Bu borada o'ylab ko'rish kerak.

Humoyun Davurov suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика