So’nggi yangiliklar

10:22«Нефтчи»ни яна бир легионери тарк этди  0 09:48«Қизилқум» терма жамоамиз собиқ футболчиси билан шартнома имзолайди  0 09:15Олег Зотеевнинг янги жамоаси «Бунёдкор» эмас, балки водий клуби бўлади  5 08:42ЎФФ янги раҳбари: «Мен сеҳргар эмасман, бироқ...»  4 08:10«Сурхон» «Пахтакор» футболчисини сотиб олиш ҳуқуқи билан ижарага олди  0 07:41«Нефтчи»нинг икки нафар футболчиси фаолиятини Андижонда давом эттиради  4 02:08Александр-Арнольд "Реал"нинг шорт листида биринчи ўринда турибди  3 00:44"Барселона" Германия терма жамоаси ўйинчисини трансфер қилишга яқин  1 00:02Моуринью Рэшфордни Туркияга чорламоқда  6 23:31Азизов, Эрматов, Аҳмедов, Маматқулов, Имомхўжаев ва бошқалар. Янги очилган футзал федерацияси тақдимотидан ГАЛЕРЕЯ  0 23:16Каземиро Ла Лигага қайтиши мумкин  1 22:45Янги федерацияни нималар кутмоқда?  3 22:17Янги футзал федерацияси раҳбари қандай ваъдалар берди?  0 21:46ПСЖ АПЛдан ҳужумчи олиши мумкин  0 21:15"Арсенал" Гёкереш борасида бир қарорга келди  6

Dilshod Andaev: "Bizga turnir jadvalining ahamiyati yo'q" Yangiliklar

Dilshod Andaev: "Bizga turnir jadvalining ahamiyati yo'q"

O'zbekiston Birinchi ligasi doirasidagi 20-tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi. Mavsum yakunlanib bormoqda. "Mashal-2" esa ikki tur avval kuchli sakkizlikda qolishni uddalab bo'ldi.
"Mashal-2" jamoasi bosh murabbiyi Dilshod Andaev mavsum haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

- Dilshod aka mavsum yakunlanish arafasida. Jamoaning so'nggi ikki turni safarda o'tkazib 6 ta to'p o'tkazib yubordi va mag'lub bo'ldi. Bu nima bilan bog'liq?


Ayni vaqtga kelib jamoamizda bor yo'g'i 14 ta o'yinchi qolgan. 5 ta futbolchimiz jarohatda, 3 ta futbolchimiz yoshlar terma jamoasida . SHu bois biz vazifa bajarilgandan so'ng bor etiborimizni yoshlarga qaratmoqdamiz. Ularga imkon beramiz va ular ichida eng yaxshi o'yin ko'rsatganlarini keyingi bosqichda asosiy tarkibda ko'ramiz. Umuman olganda men uchun natija ikkinchi darajali.

- Jamoaning o'yinlari turdan turga kuchayish o'rniga pastlayotgandek tuyilmayapdimi?


Albatta pastlayapdi. Bir oyda 9 ta katta uchrashuvda maydonga tushayotgan yoshlar haddan tashqari charchab qolgan. O'zingiz o'ylab ko'ring Oliy ligada bitta jamoa bir oyda ko'pi bilan 3 ta o'yin o'tkazib qancha vaqt tatilga chiqadi. Birinchi liga esa yozin-qishin davom etib , ustiga ustak 10 tagcha maydonga tushadi. Bu Oliy liga oldida daxshatku. Yosh va endi katta futbolga qadam futbolchi 9 talab uchrashuvda maydonga tushsa, Oliy liga 3 ta uchrashuv o'tkazsa qanday qilib charchoq bo'lmasligi mumkin? Ayniqsa bugungi kunda ham davom etayotgan ob-havoni ko'rsak buni sababini ham topgandek bo'lamiz. SHaxsan hozirgi kunda Muborak va boshqa issiq mintaqalarda futbol o'ynash juda og'ir. Ob-havoni ham inobatga olish kerak edi. Bu vaqtda jamoalar tatilga chiqmasa bo'lmaydi. Aynan bunday keskin issiqlik o'yinlarimizning pastlashiga ham sababchi bo'ladi.

Men faqat ob-havo yoki taqvimni sabab qilib ko'satmoqchi emasman. Jamoamizning turdan-turga o'yini pastlayotganiga sabab bu - futbolchilarning o'ziga haddan tashqari ko'p ishonib yuborayotganligi. Futbolchilarim hammasi juda bo'sh o'yin ko'rsatmoqda. Ular sakkizlikka kirdik va vazifa bajarildi tamom deb ishonch hosil qilib qo'ygan. O'zlarini juda ham erkin his qilmoqda va "Guliston" bilan o'yinda natijani ko'rsatdi. Har bir o'yinga xuddi sakkizlikka kira olmagan va mana shu o'yinni yutsak kiradigan jamoadek maydonga tushganda edi hozir kamida ikkinchi o'rinda turardik.

- Mavsum avvalida suhbatlashganimizda "Mashal-2" sakkizlikka kira olsa yaxshi natija bo'lishini va agar kira olmasa ham ishlashda davom etishingizga aytib o'tgan edingiz. Mana sakkizlikka kirdi va bu ko'p jihatdan nimalar bilan bog'liq?

Bir futbolchini tarbiyalash uchun kamida 4 yil kerak ekan. Misol uchun aynan bugun tarkibimizda harakat qilayotgan futbolchilar 1995 yilda tug'ilgan yoshlar ko'pchilikni tashkil etadi. Ular 2011 yilda akademiyani tamomlagan bo'lsa bugungi kungacha tinimsiz ishlab keldi. Bir jamoa shakllanishi uchun mana 4 yil ketgan bo'lsa endi natija ko'rsata boshladi.  Xohlagan jamoani tuzgan taqdirda ham natijaga tezda erishib bo'lmaydi. To'rt yillik jamoa bilan birga ishlab qiyinchilik bilan sakkizlikda qolmoqdamiz. Akademiyamizni bitirganlar endi o'z natijasini bermoqda.

- Ikkinchi davrada tarkibda o'zgarishlar bo'ladimi?

Bo'ladi. 3-4 futbolchi jamoani tark etadi. Ularni o'rniga yoshlardan jalb etmoqchimiz. Bu yilda 1998 yilda tug'ilgan yoshlarimiz akademiyani tamomladi va aynan ularning ichida eng munosiblar tarkibga kiradi.

- Mavsumda sizni qoniqtirgan va qoniqtirmagan jihat nima bo'ldi?


Meni bu mavsum eng qoniqtirmagan jihat bu birinchi ligadagi hakamlik bo'ldi. Umuman olganda hakamlikni butunlay qayta ko'rib chiqish kerak. Yildan-yilga hakamlik pastlab bormoqda. Bazi holatlarni ko'rib nahot shu ham hakam bo'lsa deb hayron qolaman. Ularning bazilarida  futbol haqida umuman tushuncha yo'q. Qanday qilib hakam bo'lib qolgani meni qiziqtiradi. Safar uchrashuvlarimizga jamoamizni ochiqchasiga "o'ldirib" tashlagan hakamlar qanday qilib yana ish olib borayotgani faqat hayratlanarli. Bu gaplarimdan so'ng albatta hakamlar bizga qarshi bo'ladi lekin adolatlik hakamlik bo'lmaguncha futbolimizni rivojlantirib bo'lmaydi.

Bitta narsani aytib o'tishim kerak. Ayni vaqtda PFL birinchi ligani qayta ko'rib chiqish kerak. Bu sistema umuman foyda bermaydi. Mana bir necha yildan buyon davom etib kelayotgan ikki zonali birinchi liga kuchayib ketganini ko'rganim yo'q. Hech qanday shiddat ham yo'q. Ikki mintaqani iqtisod qilaman baribir ikkichi bosqichda yana safarga borish buni tushunmadim. Baribir o'sha sakkizta jamoa safar uchrashuvlarini o'tkazadi. Jamoalar sonini 16 ta qilib bitta mintaqali qilsa samarali bo'lar edi. Ayni vaqtda 16 ta jamoa sakkizlikka kirsa, qolgan sakkizta jamoa 6 oyni bekorchilikda o'tkazadi. 1 haftalik "pulka" uchun kamdan-kam jamoa tayyorgarlik ko'radi. Bazilar esa to'g'ridan-to'g'ri "pulka"ga boradi. Qolgan vaqt davomida sakkizta jamoa faqat amaliyotsiz qolib ketadi. SHu bois nechta jamoa bo'lsa ham moliyaviy imkoniyati bor jamoa bir mintaqali bosqichda maydonga tushish kerak.

Masalan bu yilda "Mashal-2" sakkizlikka kira oldi. Agar kira olmaganda bizni bu jamoa nima  bilan band bo'lar edi. Faqat mashg'ulot o'tkazish bilan futbolchi tarbilab bo'lmaydi. "Bunyodkor-2", "Paxtakor-2", "Lokomotiv BFK" agar keyingi bosqichga o'ta olmasa ham Toshkent shahrida doimiy raqiblar bilan amaliyotda bo'ladi lekin boshqa jamoalarda bunday imkoniyat yo'q. Amaliyot eng muhimi va shu bois futbolchi maydonga tushish shart.

Men uchun turnir jadvalining ahamiyati yo'q. Qaysi o'rinda yakunlashimizdan qatiy nazar biz O'zbekiston Milliy va yoshlar terma jamoasiga bitta bo'lsa ham sifatli o'yinchi etkazib bersak shu kifoya.

- "Mashal-2" ayni kungacha barcha uy uchrashuvlari o'tkazib mag'lubiyatsiz yakunlamoqda. Bu nima bilan bog'liq?

Bugungi kunda "Mashal-2" uchun uyda yoki safarda o'ynashning ahamiyati bo'lmay qolgan. Ko'pincha o'z maydonimizda ob-havo ham bizning foydamizga ishlaydi. Asosiy sabab shu deb o'ylayman.


- Mavsumda eng qiyin va eng oson uchrashuv deb qaysini tanlar edingiz?

Umuman oson uchrashuv o'tkazganimiz yo'q. Eng og'iri esa safarda "Orol"ga qarshi bo'lib o'tdi. 70 daqiqa maydonda 9 kishi bo'lib o'ynadik va so'nggi daqiqalarda gol o'tkazib yubordik. Bu juda alamli bo'lgan edi.

- "Mashal-2" da nima uchun gol urish bo'yicha samaradorlik pas?

Hujumchilarda o'yin amaliyoti kam. Yosh hujumchi gol urishga intiladi va ko'p vaziyatda shoshiladi yoki o'zi urishga intiladi. Bu yoshlardagi eng yomon illatlardan biri.

- "SHo'rtan" bilan muhim uchrashuv oldidan fikringiz?

Bizga raqibning qaysi jamoa bo'lishini ahamiyati yo'q. SHusiz ham tarkibimizda 15taga yaqin futbolchini qiyinchilik bilan to'payapmiz. Ko'pchilik jarohatda va terma jamoasi . Bizga qiyin bo'ladi lekin biz imkoniyatimiz boricha o'yin ko'rsatamiz. Uchrashuv asosiy tarkib maydonida bo'lib o'tadi va 18:30 da start oladi.

So'nggi o'yinda yoshlarimiz imkoniyatini oxirigacha kurashadi.

- Jamoaning navbatdagi rejalar qanday?

Bir hafta jamoa dam olishda bo'ladi, 18 iyulda tibbiy ko'rikdan o'tadi va 19 iyuldan boshlab "Mashal" klubiga qarashli "CHashma" oromgohida 1 haftalik mashg'ulotlar bo'lib o'tadi.  27 iyul kunidan boshlab mashg'ulotlarni Muborakda davom ettiramiz.  Bu vaqt davomida "Nasaf" va "Buxoro" yoshlariga qarshi nazorat uchrashuvlarini o'tkazamiz.

Humoyun Davurov suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика