So’nggi yangiliklar

23:05Самарқандда хайрия учрашуви: "Динамо" фахрийлари Ўзбекистон МТЖ афсоналари учрашувида 8 та гол урилди  13 22:31Данни Блинд "Аякс"ни тарк этади  0 22:02Расман: "Барселона" собиқ футболчиси Ашурматов ва Машариповнинг жамоадошига айланди  2 21:22U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Ўзбекистон Қирғизистон билан дуранг ўйнади  73 21:09Суперлига 21-тур ҳакамлари расмийлари маълум. Марказий тўқнашувни ким бошқаради?  4 20:30Интервью. Жоэль Кожо: "Динамо"га қайтишим мумкин эди, лекин "Истиқлол"ни фақат "Нефтчи" рози қила олди"  5 20:00УEФА 11 сентябрь куни "Вильярреал" – "Барселона" ўйини қаерда ўтиши ҳақида қарор қабул қилади  3 19:38"Барселона" футболчиси жароҳати сабаб терма жамоа ихтиёрини тарк этди  3 19:10МЮ собиқ футболчиси Англия эмас, Конго ДР шарафини ҳимоя қиладиган бўлди  1 18:26"Челси" "Барселона" футболчисидан умидини узмаган  1 17:54Луческу – терма жамоалар тарихидаги энг ёши катта мураббий  1 17:25U-17 халқаро мусобақаси. Ўзбекистон Канадани пенальтилар сериясига кўра мағлубиятга учратди  8 16:59Мбаппе Анрига етиб олди  9 16:35Ўзбекистон МТЖ Panini билан ҳамкорлик қилади   10 16:13ФИФА президенти CAFA Nations Cup финалига келади  10

Dilmurod SHavkatov: “BMB o'z oldiga yuqori maqsadlarni qo'ygan” Yangiliklar

Dilmurod SHavkatov: “BMB o'z oldiga yuqori maqsadlarni qo'ygan”

Jizzaxning BMB klubi o'z tarkibini kuchaytirmoqda. Xususan, “Lokomotiv”ning yana bir azosi Dilmurod SHavkatov ham Oliy liga debyutanti safiga borib qo'shildi.

Yangi jamoasi borasida SHavkatov qanday fikrda? Buni futbolchi bilan suhbatimiz jarayonida bilib olamiz.


- BMB klubiga o'tishingiz qay tariqa amalga oshdi?

- Mazkur jamoa o'z oldiga yuqori maqsadlarni qo'ygani sababli menga taklif bilan chiqdi. Klubning barcha sharoitlari menga maqul kelgani bois, shartnoma imzoladim. 

- “Lokomotiv” sizni tarkibda olib qolish uchun yangi shartnoma taklif qilmadimi?

- Albatta, “Lokomotiv” tomonidan ham yangi taklif bo'ldi. Ammo shartnoma muddatim yakuniga etgani bois, BMB taklifi meni ko'proq maqul keldi. 

- Debyutant jamoaga o'tishingiz moliyaviy tomonga bog'liqligi bormi?

- Buni men moliyaviy tomonlama amalga oshdi deya olmayman. CHunki “Lokomotiv”da ham sharoitlar yaxshi edi. BMB o'z tarkibiga milliy terma jamoaning 7 nafar futbolchisini qo'shib olgani va maqsadlari yuqori bo'lgani tufayli shu qarorga keldim. 

- O'tgan mavsumda “temiryo'chilar”dagi faoliyatingizdan ko'nglingiz to'ldimi?

- Faoliyatimdan qoniqish hosil qildim. Yaxshi mavsum o'tkazdim deya olaman. To'purarlik ro'yxatida Akbar Usmonovdan keyingi o'rinni egalladim. Bir so'z bilan aytganda, faoliyatimdan ko'nglim to'ldi. 

- Bu jamoa Oliy liga chempionligi uchun kurasha oladimi?

- Albatta. Tarkib yanada kuchaytirilmoqda. Ishonamanki, biz chempionlik uchun kurasha olamiz.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика