Diego Simeone: "Santyago Bernabeu"dagi qo'lga kiritilgan yutuq odatiy g'alabalarimizdan biri"
27 fev 2016 23:10
Yangiliklar
Diego Simeone: "Santyago Bernabeu"dagi qo'lga kiritilgan yutuq odatiy g'alabalarimizdan biri"
"Atletiko" bosh murabbiyi Diego Simeone "Real" ustidan qozonilgan g'alabani odatiy yutuq deya takidladi.
- Biz oxirgi uchrashuvlarda kam gol urayotganimiz haqiqat. Biz bugun ham katta ishtiyoq bilan o'ynadik. Ko'plab vaziyatlar yaratdik. Muhimi gol urildi. Lekin yana imkoniyatlardan foydalansa bo'lardi. Uchrashuv oson bo'lgani yo'q. O'yinning 20-daqiqasidan so'ng tashabbusni o'z qo'limizga oldik va o'yinimizni kuchaytirdik. Grizmann gol urgani yaxshi bo'ldi. Aynan undan bugun samarali o'yin kutgandim. Bellashuv yuqori tezlikda o'tdi. "Santyago Bernabeu"da g'alaba qozonish qanday? Bu odatiy yutuqlarimizdan biri. Biz ushbu stadionda g'alaba qozonishga qodirmiz va buni isbotlaganmiz.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar