Diego Simeone mag'lubiyatsiz seriya yakunlanganidan so'ng nimalar dedi?

Alisher
7 noya 2019, 12:48
"Atletiko" bosh murabbiyi Diego Simeone YCHL 4-turi doirasidagi "Bayer" (1:2)dan uchralgan mag'lubiyatni o'z zimmasiga oldi.

"Jamoa birinchi bo'limda yaxshi o'ynay olmaganligi bu mening aybim. Chunki ularga birinchi bo'lim uchun motivaciya topib bera olmadim.

Endi buyog'iga ishlashdan to'xtamaslik kerak. Agar nimadir o'xshamasa, biz ikki karra ko'proq harakat qilishimiz kerak bo'ladi", - deydi Simeone.

Eslatib o'tamiz, "Atletiko" 4ta o'yinda 7 ochko jamg'argan holda guruhda "Yuventus"dan so'ng ikkinchi o'rinda bormoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Marca