Diego Kosta faoliyatini Osiyoda davom ettirishi mumkin

Aslanov Jasurbek
5 dek 2018, 10:49
"Atletiko" hujumchisi Diego Kosta qishki transfer oynasida jamoani tark etishi mumkin.

Ma'lumotlarga ko'ra, Xitoyning "Tyanczin Cyuanczyan" klubi futbolchi uchun moliyaviy jihatdan ajoyib shartnoma tayyorlamoqda. Hujumchining agenti "matraschilar" rahbariyatini Kosta ketmoqchi ekanligi haqida ogohlantirdi. Ispaniyalik forvard jamoadoshi Antuan Grizmanndan sezilarli darajada kam maosh olayotgani unga yoqmayapti.

Joriy mavsum Diego Kosta "Atletiko" safida 15ta uchrashuv o'tkazib, 4ta gol urdi va 2ta golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Diario AS