So’nggi yangiliklar

01:39Расман: Ўткир Юсупов — "Фулад" футболчиси!  3 01:32"Арсенал" Рафиньянинг трансфери бўйича "Барселона"га кўп миллионлик таклиф тайёрлайди  0 01:05Париж-2024. Ўзбекистон - Миср 0:1, Ҳимоядаги хато қимматга тушди  6 00:53"Атлетико" ва Испания терма жамоаси собиқ футболчиси фаолиятини якунлади  0 00:15РПЛ. Эсанов ҳаракат қилаётган "Акрон" меҳмонда "Факел"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  15 23:35Тимур Кападзе: "Иккала ўйинда ҳам ютишимиз мумкин эди"  103 23:01Расман: "Атлетико" Испания терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  1 22:29"Навбаҳор" назорат учрашувида йирик ҳисобда ғалаба қозонди. Қувватовдан норасмий дебют, Никабадзедан хет-трик  10 21:31"Манчестер Юнайтед" форварди ПСЖга ўтиши мумкин  4 21:05Париж-2024. Ўзбекистон иккинчи турда Мисрга ютқазди ва гуруҳдан чиқиш имкониятини йўқотди  848 20:53Париж-2024. Испания терма жамоаси биринчи бўлиб плей-оффга чиқди  7 20:22"Манчестер Юнайтед" испаниялик футболчига қизиқмоқда  1 19:56"Барселона" Уильямс учун кутилганидан 4 млн. евро кўп пул тўлаши керак  2 19:22ФИФА Аргентинанинг эътирозига жавоб берди  5 18:52Ҳусниддин Ғофуров - "Қўқон-1912" футболчиси  3

Diego Kosta APLga qaytadi - 33 yoshda. Zerikkanmidingiz? Yangiliklar

Diego Kosta APLga qaytadi - 33 yoshda. Zerikkanmidingiz?

Yil kambeki.

"Vulverxempton" 33 yoshli Diego Kostani APLga qaytarmoqda. Forvard erkin agent maqomida keladi.



Insayder Fabricio Romano asli kelib chiqishi braziliyalik bo'lgan ispan bir mavsumlik shartnoma imzolashini va so'nggi masalalarni hal etish uchun Angliyaga uchib kelganini xabar qildi. The Athletic'ning yozishicha, klub avvaliga Diegoning Angliyada o'ynashga tayyorligiga shubha qilgan, ammo futbolchining ishtiyoqi ularni bunga undagan. Kosta APL uchun "Rayo" taklifini rad etdi.


Kostaning "Vulvz"ga transfer deyarli bekor bo'lgan edi


"Vulverxempton" yoz so'nggida "SHtutgart"ning 25 yoshli hujumchisi Sasha Kalayjichga etiborini qaratdi — jamoaga Raul Ximenesning o'yini tushib ketishi sabab forvard kerak bo'ldi. Ikki metrlik avstriyalikni "Bavariya" uzoq muddat kuzatdi — uni Robert Levandovskiga yaxshi o'rinbosar deb ko'rishdi. Birozdan keyin u uchun kurashga ingliz top-klublari qo'shildi.


Kalayjich "Vulvz"ni tanladi, ammo u birinchi o'yindayoq jarohat oldi. Angliyaliklar zudlik bilan bozorga chiqishdi, ammo yoz so'nggiga qadar hech kim bilan shartnoma imzolashga ulgurishmadi. O'shanda erkin agentlarni qidirishga tushishdi va Diego variantini tanlashdi.



Transfer hali ham bekor bo'lishi mumkin. Hamma gap shundaki, Angliya futbol associaciyasi Buyuk Britaniyaning EIdan chiqqanidan so'ng ruxsat berish kriteriyalarini qiyinlashtirdi. O'yinchi bir necha toifalarda jami 15 ball jamg'arishi kerak: so'nggi klubining darajasi, terma jamoadagi o'yinlar va so'nggi vaqtlar maydonda o'tkazilgan daqiqalar. Kosta yanvardan beri klubsiz edi, shunday ekan unga shunchaki ballar etmadi.


"Vulvz" xafa holda FA'ga appelyaciya berdi — u kutilmaganda qabul qilindi.


Kostaning Angliyadagi so'nggi yurishi esda qolarli bo'lgandi


U 2014 yilning yozida Londonda paydo bo'ldi va birdan "CHelsi" va APL rekordlarini yangilashni boshladi — 4ta o'yinda 7ta gol urdi. Barchasi shunchalar yaxshi bo'ldiki, "Stemford Bridj"da Diego boss deb nomlashdi va raqiblari nafratlanadigan chidab bo'lmas xarakaterini yaxshi ko'rib qolishdi.


"Diego Kosta. Bu shunchaki kichkina jirkanch kalamush. U qichqiradi, tirnaydi, bir soniya ham tinchlik bermaydi va nafas olishingizga yo'l qo'ymaydi. U Luis Suaresga biroz o'xshaydi. Unga qarshi o'ynash shunchaki dahshat edi: u tepdi, tirnad va xohlaganini qildi. Haqiqiy g'oliblar. Men bunday o'yinchilarni juda ham yaxshi ko'raman. Bunday futbolchilar jamoaga kerak. Bunday "yirtqichlar", — deb tushuntirdi posbon Ben Foster.


Kosta 20ta gol urdi, ammo "CHelsi"ga o'tganidan bir yil o'tib to'liq ochildi. Bu o'sha Mourinyu ojiz ko'ringan va dekabrning o'rtalariga qadar atigi 4ta o'yinda g'alaba qozongan mavsumda sodir bo'ldi. Kosta jamoadagi eng qo'pol o'yinchi bo'ldi, mavsum startida jamoaga ortiqcha vazn bilan keldi va muvaffaqiyatsiz o'yinlar oralig'ida Ispaniyadagi koncertlarga bordi. Ko'plab muxlislar Diego Jozega pand berayapti deb hisoblashdi. 



Antonio Konte yangi mavsumdagi ilk mashg'ulotdayoq Kosta Ispaniyaning Evro-2016 uchun qaydnomasiga kira olmaganidan so'ng ketishni xohlayotganini bilib qoldi. Diego gol urdi va murabbiydan imtiyozlar oldi, ammo qishda unga Xitoydan katta taklif bilan kelishdi. Taklif qilingan yiliga 30 mln funt yurakdan urdi — Kosta klubni tezroq g'azablantirish va ketish uchun jarohatni o'ylab topdi.


Mojaroga echim topildi va Diego "CHelsi"ning chempionlik mavsumidagi eng yaxshi to'purar bo'ldi. Ammo, baribir Kontening kelajakdagi rejalariga kirmadi: italiyalik Moratani xarid qildi va Kostadan voz kechdi. Unga bu haqda votsapp orqali xabar berdi. Kosta qattiq xafa bo'ldi: Bunday narsalarni SMS orqali emas, balki yuzga aytish kerak. Konte menga terma jamoada ekanligimda xat yozdi, jamoadagi yigitlar shunaqa narsa bo'lishiga ishona olishmadi".



Kosta "Atletiko"ga qaytdi va "CHelsi" bilan ikki bor CHLda to'qnash keldi. Endilikda ular APLda uchrashishadi.



Alisher Ostonov tarjimasi

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика