Diego Kosta 185 ming funt jarima to'ladi va mashg'ulotlarga qaytdi
19 jan 2017 07:41
Yangiliklar
Diego Kosta 185 ming funt jarima to'ladi va mashg'ulotlarga qaytdi
CHelsi o'z hujumchisi Diego Kostani 185 ming funt (213 ming evro) miqdorida jarimaga tortdi.
Futbolchi o'tgan hafta bosh murabbiy Antonio Konte bilan janjallashib qolgan va uch kun mashg'ulotlarda ishtirok etmagandi. Diego Kosta Xitoy klublaridan yiliga 34 million evro maosh olishini eshitgach mashg'ulotlarga chiqmay qo'ygandi. CHelsi xo'jayini Roman Abramovich Kostani 90 million evroga sotishga rozi bo'lmadi.
Futbolchi jarima pullarini to'ladi va CHelsi mashg'ulotlariga qaytdi. London klubi yozda Kosta bilan xayrlashmoqchi. Konte Realdan Alvaro Moratani sotib olmoqchi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar