Diego Karlos ELning ketma-ket 3 o'yinida "Sevilya" darvozasi tomon penalti belgilanishiga sabab bo'ldi, ammo...
22 avg 2020 18:47
Yangiliklar
Diego Karlos ELning ketma-ket 3 o'yinida "Sevilya" darvozasi tomon penalti belgilanishiga sabab bo'ldi, ammo...
"Sevilya" kecha Evropa Ligasi finalida "Inter"ni yutdi.
Ispan jamoasi himoyachisi Diego Karlos o'yinning 3-daqiqasida jarima maydonchasi ichida Romelu Lukakuni to'xtatdi.
Danni Makkeli esa penalti belgiladi va Lukakuning o'zi 11 metrli nuqtadan gol urdi.
27 yoshli Karlosning qo'ppolliklaridan so'ng "Sevilya" darvozasi tomon ketma-ket uchinchi o'yinda ham penalti belgilandi - bunga qadar u MYU (2:1, yarim final) va "Vulverxempton" (1:0, chorak final)ga qarshi o'yinda qoidani buzgandi.
Ammo, "Sevilya" himoyachisi o'yindagi hal qiluvchi golni urdi va o'yindan keyingi yig'idan o'zini to'xtata olmadi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. ПСЖ Рамушнинг охирги дақиқалардаги голи эвазига "Барселона"ни мағлубиятга учратди
Суперлига. Пенальтидан гол урилмаган "Бунёдкор" ва "Насаф" учрашувида кетма-кет учинчи марта 2:2 ҳисоби қайд этилди
ЎФА "тилга кирди" ва Каннаваро билан музокаралар ўтказилаётганини маълум қилди
Фабрицио Романо: Ўзбекистон термасини "Олтин тўп" соҳиби бошқаради
Fikrlar