Diego: “Arsenal”ga o'tishga qarshi bo'lmas edim“
27 noy 2013 10:23
Yangiliklar


Diego: “Arsenal”ga o'tishga qarshi bo'lmas edim“
“Volfsburg” klubi yarim himoyachisi Diego, faoliyatini “Arsenal”da davom ettirish istagini bildirdi.
“Menga ingliz klublaridan biri qiziqayotganligi haqida yaxshi bilaman. Men uchun bu yaxshi variant, chunki ularning o'yin uslubi menga juda mos keladi. Albatta men “Arsenal”ning taklifiga rozi bo'lgan bo'lardim.
Faoliyatimning eng cho'qqiga chiqqan davrida, Angliyaga ko'chib o'tish yaxshi taklif bo'lar edi. Ammo hozircha “Volfsburg”ga CHempionlar ligasiga chiqishga yordamlashishim kerak”, - deydi braziliyalik futbolchi.

Fikrlar