Dibala: "Yuventus" - CHLda g'olib bo'lish uchun nomzod, ammo buni maydonda isbotlash kerak"
19 fev 2019 13:46
Yangiliklar


Dibala: "Yuventus" - CHLda g'olib bo'lish uchun nomzod, ammo buni maydonda isbotlash kerak"
"Yuventus" hujumchisi Paulo Dibala "Atletiko"ga qarshi bo'ladigan CHempionlar ligasi 1/8 final o'yini haqida fikr bildirdi.
"Biz "Atletiko" uslubi haqida hamma narsani bilamiz. Finalgacha borish va turnirda g'olib bo'lish uchun har qanday raqibni mag'lub etish kerak. Oson o'yin yoki raqib bo'lmaydi. "Atletiko" himoyada kuchli va qarshi hujumda xavfli. Ammo biz haqimizda ham shunday deyish mumkin.
Bu klubga kelganidan beri "Yuventus" bor kuchini ko'rsatib kelmoqda. Turin klubiga o'tishimdan bir yil oldin ular finalda "Barselona" bilan o'ynashgan, o'tgan mavsum esa chorak finalda "Real"ga mag'lub bo'ldik. Jamoamizda kuchli futbolchilar yig'ilgan, ularda etarlicha tajriba bor. Turnir g'olibligi uchun nomzodlardan birimiz, ammo buni maydonda isbotlash kerak" - deydi Dibala.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar