Di Mariya "Yuve"dagi debyutida gol urdi, keyingi o'yinlar "Barselona" va "Real"ga qarshi bo'ladi
17 iyu 2022 22:50
Yangiliklar


Di Mariya "Yuve"dagi debyutida gol urdi, keyingi o'yinlar "Barselona" va "Real"ga qarshi bo'ladi
"Yuventus"ning yangi azosi Anxel Di Mariya Turin klubi safidagi ilk uchrashuvda gol urdi.
34 yoshli argentinalik futbolchi D seriya vakili "Pinerolo"ga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida raqib darvozasini ishg'ol qildi.
Mazkur bahsda turinliklar 9:0 hisobida zafar quchdi. Hujumchi Moyze Kin tomonidan xet-trik qayd etildi.
21 iyul kuni "Yuventus" azolari AQSHga uchib ketadi. Massimiliano Allegri shogirdlari 26 iyul kuni Dallasda “Barselona”ga, 30 iyul kuni esa Los-Anjelesda “Real”ga qarshi bahs olib boradi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar