Dibala "Roma"ga qarshi o'yinda maydonga qaytishi mumkin
04 fev 2021 15:15
Yangiliklar


Dibala "Roma"ga qarshi o'yinda maydonga qaytishi mumkin
Argentinalik forvard Paulo Dibala "Yuventus"ga Italiya chempionati 21-tur doirasidagi "Roma"ga qarshi o'yinda yordam berishi mumkin.
27 yoshli futbolchi bugundan umumiy guruhdagi mashg'ulotlarga qo'shiladi. O'yinchi tizzasidan olgan jarohati sabab maydonga tusha olmayotgan edi.
Dibala joriy mavsum A Seriya doirasidagi 11ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 2ta assist qayd etdi.
"Yuventus" va "Roma" o'rtasidagi o'yin esa 6 fevral kuni bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar