Dibala Realga o'tishni istamoqda

Narzulla Saydullayev
2 yanv 2017, 09:23
Yuventus hujumchisi Paulo Dibala Turin klubi bilan shartnomani uzaytirganini rad qildi.

Hech nimaga qo'l qo'yganim yo'q. Ko'ramiz, endi nima bo'larkin, – deydi 23 yoshli argentinalik.

El Mundo Deportivo nashri xabariga ko'ra, Dibala Realga o'tishni istamoqda, Yuventus u bilan kelishuvni 2021 yilga qadar uzaytirmoqchi va narxini oshirmoqchi.

Dibalaning transferiga Xames Rodriges, Isko yoki Mateo Kovachich qo'shilishi mumkin.

Ayni paytda Dibala yiliga 3 million evro maosh olmoqda, turinliklar maoshini 5,5 milliongacha oshirishmoqchi.

Yuventusning eng ko'p maosh oluvchi futbolchisi bu – Gonsalo Iguain. Hujumchi yiliga 7,5 million evro pul topadi.

Barselona va Real Dibalaga qiziqib qolishdi

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: mundodeportivo.com