Dibala JCH oltin medalini "Roma" muzeyiga sovg'a qildi
07 jan 2023 16:10
Yangiliklar
Dibala JCH oltin medalini "Roma" muzeyiga sovg'a qildi
Argentina terma jamoasi va "Roma" klubi hujumchisi Paulo Dibala Jahon chempionati medalini o'z klubi muzeyiga taqdim etdi.
29 yoshli futbolchi Qatardagi mundialda atigi ikkita o'yinda maydonda ko'rinish berdi. U "gol+pas" tizimida hech qanday ochko to'play olmadi. Turnir avvalida Paulo jarohatidan forig' bo'layotgan edi.
Dibala joriy mavsum boshida Rim klubi azosiga aylangan edi. U 2022 yilning iyul oyida A Seriya vakili bilan shartnoma imzolagan edi. Bungacha Dibala Turinning "Yuventus" klubida 7 yil harakatlandi.
Dibala ushbu mavsumda "Roma" safida 13 ta o'yinda ishtirok etdi va 7 ta gol urdi, uning hisobida yana 3 ta golli uzatma ham mavjud.
Fikrlar