Dibala Buffonning rekordi haqida gapirdi
29 sen 2019 08:00
Yangiliklar
Dibala Buffonning rekordi haqida gapirdi
"Yuventus" forvardi Paulo Dibala faoliyati davomida 903-uchrashuvini o'tkazgan darvozabon Janluiji Buffonga qarata tvitter sahifasida izoh yozdi.
"903: Buffonning yana bir rekordi. Sen qachondir charchaysanmi o'zi?" – deya yozadi Dibala.
Qayd etish kerak, Buffon SPALga qarshi o'yinda maydonga tushib, eng ko'p klub o'yinlarida qatnashgan italiyalik futbolchiga aylandi. Bunga qadar ushbu rekord "Milan" jamoasining tirik afsonasi Paolo Maldiniga tegishli bo'lib kelayotgandi.
Fikrlar