Dibala bolaligi haqida gapirdi
02 jan 2020 22:41
Yangiliklar


Dibala bolaligi haqida gapirdi
Turinning "Yuventus" klubi hujumchisi Paulo Dibala bolalikdagi kumirini esladi.
"Men tez-tez futbol o'yinlarini tomosha qilardim, otam "Boka Xuniors" muxlisi edi. Akalarimdan biri "Independente", boshqasi "River Pleyt" jamoasini yoqtirardi. SHu bois ular meni o'z jamoalari tomonga og'dirishga urinishar edi.
Bolaligimda menga ko'proq Xuan Ramon Rikelme yoqardi. Menga uning o'yin uslubi, maydondagi harakatlari va xotirjamligi yoqardi.
Har safar mashg'ulotlarga borganimda unga taqlid qilishga, maydondagi harakatlarini takrorlashga urinardim. Ajoyib paytlar edi!", — Dibalaning so'zlaridan iqtibos keltirdi "Goal" nashri.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar