Diasning goli vaqtida APL joriy mavsumidagi rekord o'rnatildi
20 fev 2022 09:15
Yangiliklar


Diasning goli vaqtida APL joriy mavsumidagi rekord o'rnatildi
APL 26-turida “Liverpul” 3:1 hisobida “Norvich”ni engdi.
81-daqiqada Luis Dias mersisaydliklar safidagi debyut golini urdi.
Mazkur gol yuzaga kelgan vaqtda “qizillar” 34 ta pasni amalga oshirdi. Bu musobaqaning joriy mavsumidagi rekord hisoblanadi. SHuningdek, mazkur ko'rsatkich “Liverpul” uchun 2006 yildan beri (shundan boshlab hisoblanadi) qayd etilgan jamoaviy eng yaxshi natijadir.
Eslatib o'tamiz, Yurgen Klopp shogirdlari chempionat jadvalida 57 ochko bilan 2-o'rinda bormoqda. Ular hisobida bitta zaxira uchrashuvi ham bor.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar