Dias: "Jiru ko'p gollar uradi, Ibra esa motivator"
11 avg 2021 18:24
Yangiliklar
Dias: "Jiru ko'p gollar uradi, Ibra esa motivator"
"Milan" yarim himoyachisi Braim Dias klub bosh murabbiyi Stefano Pioli, shuningdek hujumchilar Zlatan Ibragimovich va Olive Jiru haqida gapirdi.
"Pioli menga ko'p narsalarni o'rgatdi. U sabab men kuchaydim va ko'plab jabhalarda o'sdim.
Zlatan buyuk. U tajribali futbolchi va doim foydali maslahatlar beradi. Ibragimovich sizga eng yaxshisini berishga undovchi motivatordir.
Men Jiruning bizga qo'shilganidan juda ham mamnunman. Uning barcha klublarda qilganidek ko'plab gollar urishiga aminman", - deydi ispan.
Eslatib o'tamiz, Diasning transfer huquqi "Real"ga tegishli. U "Milan"da ikki yillik ijara asosida o'ynaydi.
Fikrlar