Dias: "Jiru ko'p gollar uradi, Ibra esa motivator"

Alisher
11 avg 2021, 18:24
"Milan" yarim himoyachisi Braim Dias klub bosh murabbiyi Stefano Pioli, shuningdek hujumchilar Zlatan Ibragimovich va Olive Jiru haqida gapirdi.

"Pioli menga ko'p narsalarni o'rgatdi. U sabab men kuchaydim va ko'plab jabhalarda o'sdim.

Zlatan buyuk. U tajribali futbolchi va doim foydali maslahatlar beradi. Ibragimovich sizga eng yaxshisini berishga undovchi motivatordir.

Men Jiruning bizga qo'shilganidan juda ham mamnunman. Uning barcha klublarda qilganidek ko'plab gollar urishiga aminman", - deydi ispan.

Eslatib o'tamiz, Diasning transfer huquqi "Real"ga tegishli. U "Milan"da ikki yillik ijara asosida o'ynaydi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport