Di Natale: "Kiyinish xonasida yosh boladek yig'lab yubordim"
16 may 2016 12:52
Yangiliklar
Di Natale: "Kiyinish xonasida yosh boladek yig'lab yubordim"
"Udineze" hujumchisi Antonio Di Natale o'z faoliyatidagi so'nggi uchrashuv haqida gapirib berdi.
38 yoshli futbolchi "Karpi"ga (1:2) qarshi bahsda zaxiradan o'yinga qo'shildi.
"Biz 12 yilni birga o'tkazdik. SHu vaqt ichida men bilan birga bo'lgan jamoadoshlarim va klubga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Mashg'ulotda jarohat oldim, ammo uchrashuvda hech bo'lmasa 20 daqiqa o'ynamoqchi edim. SHifokorlar maydonga tushishga ruhsat berishdi. Xayrlashuv kunigacha xotirjam edim, ammo kiyinish xonasida yosh boladek yig'lab yubordim. Ko'z oldimdan shu 12 yil o'tdi. "Udineze"ga foyda keltirishga urindim, ko'plab gollar urdim, klub tarixiga kiraman degan umiddaman. Endi vaqtimni oilam bilan o'tkazmoqchiman, keyin esa navbatdagi qadamim haqida o'ylayman. Har soniyada klub prezidenti qo'ng'iroq qilishi mumkin" - deydi Di Natale.
Fikrlar