Di Natale A seriyadagi o'zining 200-golini urdi
24 noy 2014 12:47
Yangiliklar


Di Natale A seriyadagi o'zining 200-golini urdi
"Udineze" hujumchisi Antonio Di Natale "Kevo"ga qarshi o'yinda (1:1) hisobni ochib A seriyadagi o'zining 200-golini urdi.
Endi 37 yoshli futbolchi Roberto Badjoning 205ta gollik muvaffaqiyatini yangilamoqchi.
"Bugun g'alaba qozona olmaganligimiz yomon bo'ldi. "Kevo" - yaxshi jamoa va ular bu ochkoga munosib edi. Meni bilan faoliyatim davomida ishlagan jamoadoshlarim, murabbiylarimga, orzuimni amlaga oshirishda ko'maklashgan ayolim, bolalarim va ota-onamga minnatdorchilik bildiraman. Keyingi maqsadim Badjo bilan tenglashish" - deydi futbolchi.

Fikrlar