Deyan Lovren Xorvatiya terma jamoasiga 2 ta o'yinda yordam bera olmaydi

10 noya 2020, 08:39
“Zenit” futbolchisi safdan chiqqan.

Deyan Lovren jarohat oldi. Shu boisdan futbolchi Xorvatiya terma jamoasining noyabr oyidagi 2 ta o'yinida qatnashmaydigan bo'lgan. Xorvatlar FIFA kunlari doirasida Turkiyaga qarshi o'rtoqlik o'yinida, shuningdek, Millatlar Ligasi musobaqasida Shvetsiyaga qarshi o'ynashi belgilangan. Lovren shundoq ham kartochkalar sabab shvedlarga qarshi o'yinda qatnasha olmasdi. Shu boisdan futbolchi Xorvatiya ixtiyoriga bormagan va Rossiyada qolgan.

Lovrenning terma jamoa safiga Portugaliyaga qarshi o'yinga qadar borishi kutilmoqda. Ushbu bahs 17 noyabrda bo'lib o'tishi rejalashtirilgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: 24sata.hr.