Deyan Jurjevich: “Alamli tarzda mag'lubiyatga uchradik”
27 avg 2019 13:38
Yangiliklar
Deyan Jurjevich: “Alamli tarzda mag'lubiyatga uchradik”
"Juda alamli tarzda mag'lubiyatga uchradik. Uchrashuvning birinchi bo'limi deyarli teng kurashlar ostida kechgan bo'lsa, ikkinchi bo'limda ustunlik jamoamiz tarafida bo'ldi va yigitlarda 4ta ajoyib golli vaziyat yuzaga keldi. Ammo shogirdlarim ulardan foydalana olishmadi. Mezbonlar esa so'nggi daqiqadagi jarima zarbasidan gol urib, g'alaba qozonishdi. SHunday ekan, ushbu mag'lubiyatni alamli deyishdan boshqa ilojim yo'q.
AGMKga qarshi kechgan bahsda ham jarima zarbasidan so'ng, to'p o'tkazib yuborgandik. Bugungi o'yinda ham ushbu holat takrorlandi. Yigitlar ko'plab xavfli vaziyatlarni yuzaga keltirishmoqda. Ammo ulardan samarali tarzda foydalana olishmayapti. Mazkur uchrashuvda ham shu narsa jamoamizga pand berdi", - deydi Jurjevich.
“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Равшан Ҳайдаров: "Уч очко қўлга киритилди. Болаларча қилинган хатолар Эронга қарши ўйинда такрорланмайди деб умид қиламан"
Fikrlar