Devis "Bavariya" bilan shartnomasini uzaytirishga yaqin
13 dek 2024 13:45
Yangiliklar
Devis "Bavariya" bilan shartnomasini uzaytirishga yaqin
"Bavariya" va chap qanot himoyachisi Alfonso Devis o'rtasidagi bitimni uzaytirish borasidagi muzokaralar ijobiy tomonga siljimoqda, deb xabar berdi "The Athletic".
Manbaning xabar berishicha, 24 yoshli futbolchi maosh bo'yicha talabi qondirilsa, myunxenliklar bilan yangi shartnoma imzolashga tayyor. Devis yillik maoshi 15 million evro bo'lishini talab qilmoqda va shartnoma imzolash uchun ham 15 million evro bonus talab qilmoqda. Aniq detallar fevral oyida muhokama qilinishi kutilmoqda.
Oldinroq OAVda "Real" "Bavariya" bilan shartnomasi kelasi yil yozda tugaydigan Devis xizmatiga qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Пахтакор" голи инобатга олинмаган "Бухоро"ни мағлуб этиб, Ўзбекистон кубоги соҳибига айланди
Суперлига. Турнинг сўнгги баҳсида "Сурхон" "Андижон"га ҳеч қандай имконият қолдирмай йирик ҳисобда мағлуб этди
Эксперт ҳакамлар гуруҳи "Пахтакор" ва "Бухоро" учрашувидаги баҳсли вазият юзасидан хулоса берди
Педри ва Ямаль "Эл Класико"дан кейин ижтимоий тармоқларда Карвахални кузатишни тўхтатди
Fikrlar