Devid Moyes: "Uelbek 20ta gol urishi shart"
30 dek 2013 20:16
Yangiliklar


Devid Moyes: "Uelbek 20ta gol urishi shart"
"Manchester Yunayted" murabbiyi Devid Moyes shogirdi Denni Uelbek mavsumning qolgan qismida 20ta gol natijasiga bemalol eta olishiga ishonmoqda.
Murabbiy hujumchining oldiga aynan mana shunday vazifa qo'ygan. Uning fikricha, Denni tarkibda Runi va Van Persi yo'qligida ularning o'rnini bildirmasligi kerak, – deya Moyes fikrlarini keltiradi goal.com.
– O'tgan yili u faqatgina bitta gol urishga erishdi. Bu mavsumda esa uning hisobida 7ta gol mavjud. Bundan ham ko'proq bo'lishi mumkin edi, lekin u to'g'ri yo'nalishda. Mavsumning ikkinchi qismi hali oldindaligini inobatga olsak, u 20ta gol natijasiga intilishi zarur. U jamoamizga kerak. Robin van Persi va Ueyn Runi yo'qligida, ularning vazifasini o'ziga oladigan futbolchi bo'lishi shart.

Fikrlar