Dev bilan pakana. Franciya Kubogi finaliga chiqqanlarni solishtiramiz
20 apr 2018 10:56
Yangiliklar
Dev bilan pakana. Franciya Kubogi finaliga chiqqanlarni solishtiramiz
PSJni futbolga qiziqadigan deyarli barcha muxlis tanishi aniq, ammo "Le-Erbe"nichi? Ushbu klub Franciyaning uchinchi darajali divizionida ishtirok etadi va bu mavsum sensacion tarzda mamlakat Kubogi finaligacha etib keldi. Bugun finalga chiqqan ikki jamoani har tomonlama solishtirishga urinib ko'ramiz.
Tarix
"Le-Erbe"ga raqibidan ancha oldin asos solingan. 1919 yilda ushbu klub paydo bo'lgan. Ammo ular sovrinlar bilan maqtana olishmaydi. Jamoaning eng yirik ilk muvaffaqiyati 2005 yilda qayd etilgan. Klub shu yili Franciyaning to'rtinchi darajali divizioniga chiqdi. 2015 yildan esa ular uchinchi darajali ligada ishtirok etishmoqda. "Le-Erbe" tarixidagi eng katta muvaffaqiyat shu mavsum, Franciya Kubogida sodir bo'ldi. SHu kungacha ular mamlakat Kubogida 1/16 bosqichgacha (1999/2000) etib kela olishgan.
PSJ 1970 yilda, "Le-Erbe"ga asos solinganidan 51 yil o'tib paydo bo'lgan. Parijliklar 7 marta Franciya chempioniga aylanishgan. Ayni damda ular turnir jadvalida birinchi o'rinda va jamoaning eng yaqin taqibchisi "Monako" 17 ochko orqada. Parij klubi chempionlik masalasini muddatidan avval hal qildi. PSJ Franciya Kubogida 11 marta, mamlakat liga Kubogida esa 8 marta zafar quchgan. Parijliklar ketma-ket to'rtinchi Franciya Kubogini qo'lga kiritish payida. 2011 yildan boshlab jamoaga Qatar kompaniyasi homiylik qiladi. Millionlar sarflovchi ushbu kompaniya klub CHempionlar ligasida g'olib bo'lishi uchun harakat qilmoqda, ammo hozirgacha bu vazifa uddalangani yo'q.
Qaerning klubi?
"Le-Erbe" Franciya g'arbidagi Peys-de-la-Luar tumani klubi hisoblanadi. 2014 yil malumotlariga ko'ra, bu hududda 16 032 kishi istiqomat qiladi. 8 may kuni shahar bo'shab qolishi aniq, chunki tuman fuqarolari Franciya Kubogi finalida "Le-Erbe"ni qo'llab-quvvatlash uchun safarga otlanishadi.
PSJ Franciya poytaxti, barchaga malum va mashhur Parij shahrida joylashgan. Bu erning aholisi 2,2 mln. kishini tashkil etadi. Ushbu shahar moda, arxitektura, savdo va sport kabi sohalar bo'yicha ko'pchilikka tanish poytaht hisoblanadi.
Klublar stadionlari
"Le-Erbe" tuman shimolidagi "Stad Massabiel" stadionida uy uchrashuvlarini o'tkazadi. Arena o'z bag'riga bor-yo'g'i 5 000 kishini sig'dira oladi.
Klub doimo ushbu stadionda o'ynab kelgan. Jamoa bir necha yil oldin o'z arenasini 730 ming funtga tamirlatdi va stadionni Franciya uchinchi divizioni talablariga javob beradigan holatga keltirdi. Buni qarangki, "SHambli"ga qarshi Franciya Kubogi yarim final uchrashuviga qiziqish kattaligidan, bahs "Stad Massabiel"da emas, tuman yaqinidagi "Nant" stadionida o'tkazildi. Ushbu bahsni 34 653 muxlis stadiondan tomosha qildi.
PSJ stadioni mamlakatning eng yirik va hashamatli arenalaridan biri hisoblanadi. 1972 yildan beri parijliklar uy stadioni - "Park de Prens" Evro-2016 uchun tamirlandi va zamonaviy arenalardan biriga aylantirildi. Uning sig'imi 47 929 kishi. Parij klubining o'yinini ko'rish uchun butun dunyodan muxlislar tashrif buyuradi.
Klub byudjeti va transferlar
Bu borada ikki klubni solishtirib bo'lmaydi. "Le-Erbe"ning yillik byudjeti 2 mln. evro. Joriy mavsum Kubokdagi muvaffaqiyat tufayli ushbu raqamlar kattalashishi mumkin. Qatarliklar homiylik qiladigan PSJning yillik byudjeti 540 mln. evroni tashkil qiladi. Raqibnikidan 270 marta katta.
"Le-Erbe"ning eng ko'p maosh oladigan futbolchisi oyiga 3 000 evro ishlab topadi. PSJning eng ko'p maosh oladigan futbolchisi narigi jamoaning shunday o'yinchisidan 1000 baravar ko'p daromad oladi. Bu braziliyalik Neymar (oylik maoshi 3 mln. evro).
Parij klubi yozda 222 mln. evro evaziga jahon yulduzini sotib oldi. Raqib jamoa esa futbolchilarni tekinga yiqqan, bazilar ijaraga olingan.
Murabbiylar
"Le-Erbe" klubini vaqtinchalik murabbiy Stefan Masala boshqarmoqda. Bu mutaxassis yanvarda ikki tomon kelishuviga ko'ra bitimi bekor qilingan bosh murabbiy Federik Rechelauning assistenti edi.
PSJ 2016 yildan beri ispaniyalik mutaxassis Unai Emeri qo'l ostida. Emeri o'tgan mavsum chempionlikni "Monako"ga boy berganidan so'ng, istefoga chiqishga yaqin edi. Biroq joriy mavsum jamoa yana Franciya chempionati g'olibiga aylandi. Ispaniyalik mutaxassis klub bilan CHempionlar ligasida muvaffaqiyatga erisha olmayapti va yozda u jamoadan ketishi ehtimoli katta.
Yulduz futbolchilar
PSJ qimmatbaho futbolchilar bilan to'lgan. Ular yozda 222 mln. evroga "Barselona"dan Neymarni xarid qilishdi. Biroq braziliyalik jarohat tufayli finalda maydonga tusha olmasligi mumkin. SHunga qaramay, jamoaning hujum chizig'ida Kilian Mbappe va Edinson Kavani kabi jahon darajasidagi forvardlar mavjud. PSJning barcha chizig'larida dunyoga mashhur futbolchilar to'p tepadi. Di Mariya, Dani Alves, Markinos, Verratti, Motta, Pastore, Draksler va boshqalar.
"Le-Erbe" safida raqibniki kabi yulduzlar yo'q, ammo hujumchilar Florian David va Ambrozio Gobo klub muxlislarining yoqimtoylariga aylangan. Gobo joriy mavsum sakkiz marta raqib darvozasini ishg'ol qildi, ammo klubning asosiy etakchi to'purari Kevin Roshetau.
"Le-Erbe"ning 25 yoshli sardori Sebastyan Flochon o'z jamoasining finaldagi imkoniyatini - 0,5%ga baholadi.
Ambrozio Gobo
Endi finalni kutish qoldi. 8 maydan 9 mayga o'tar kechasi "Stad De Frans" stadionida PSJ hamda "Le-Erbe" o'rtasidagi sovrin uchun bahsni tomosha qilamiz.
Fikrlar