Desham: "Valbuenaning o'yin darajasi bizni hayron qoldirayotgani yo'q"
07 sen 2015 10:45
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/181805_original.jpg)
![](/upload/storage/181805_220.jpg)
Desham: "Valbuenaning o'yin darajasi bizni hayron qoldirayotgani yo'q"
Franciya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham jamoaning so'nggi uch o'yinida 2ta gol urgan Matyo Valbuena haqida iliq fikrlar bildirdi.
"Valbuenaning o'yin darajasi bizni hayron qoldirayotgani yo'q. Men uni "Marsel"da uch yil davomida shug'ullantirganman. U har qanday holatda ham ishga sho'ng'ib keta oladigan futbolchilardan. Mate Franciya terma jamoasida doimo o'zini yaxshi tomonlama ko'rsatgan. U portugaliyaliklar bilan o'yinni zaxiradan boshlagani tufayli hech qanday muammo yuzaga kelgani yo'q, men bu borada u Valbuena bilan suhbatlashdim. Jamoamiz bir necha kun ichida ikkita o'yin o'tkazyapti. Mate tajribali futbolchi va jamoaning muhim qismi hisoblanadi. Agar Valbuena Portugaliyaga qarshi o'yindagidek joker rolini ijro etsa, bu biz uchun juda qiziq variant bo'ladi" - deydi Desham.
O’xshash yangiliklar
09:41
Zafarmurod Abdirahmatov: "Tariximizdagi birinchi olimpiadada faqat ishtirok bilan cheklandik" 15
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar