Desham: "Sovrinlar doimo muhim"
09 okt 2021 09:35
Yangiliklar
Desham: "Sovrinlar doimo muhim"
Franciya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham ertaga Ispaniyaga qarshi bo'ladigan Millatlar ligasi musobaqasining final o'yini oldidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Men juda kuchli Ispaniya terma jamoasini ko'rdim. Ular to'p bilan muomala qilishdi, kuchliligiga qaramay italiyaliklarni himoyalanishga majbur etishdi.
Ispaniya doimo to'p bilan yaxshi muomala qiladi. Luis Enrike o'zidan avvalgi murabbiylar izidan bordi.
Biz sovrin uchun o'ynaymiz, sovrinlar doimo muhim. Yakshanba kuni baxtli va baxtsiz murabbiy bo'ladi. Men g'alaba qozonishga umid qilaman.
Ispaniyadek jamoaga qarshi o'yinda to'p nazoratini ushlab qolib, maydonda ustunlik qilish kerak. Ammo hozir buni uddalay oladigan jamoa bor-yo'qligini bilmayman.
Biz to'pni o'zimizda saqlab qolishimiz kerak. Belgiya bilan o'yinga qaraganda boshqacha bahs bo'ladi", - dedi Desham.
Fikrlar